Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 19:55

Isroil Bayrut janubidagi mavzega zarba berdi


Isroil zarbasiga nishon bo‘lgan Bayrutdagi bino, 2024-yil 30-iyuli
Isroil zarbasiga nishon bo‘lgan Bayrutdagi bino, 2024-yil 30-iyuli

Isroil armiyasi Bayrut janubidagi mavzega zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi. SAXAL telegram-kanalining ma’lum qilishicha, zarba nishoni “Hizbulloh” radikal guruhi komandirlaridan biri bo‘lgan.

Iddaoga ko‘ra, ismi ochiqlanmayotgan “Hizbulloh” komandiri Isroil nazorati ostidagi G‘o‘lon tepalarida joylashgan Majdal Shams shahriga berilgan raketa zarbasi uchun “mas’ul bo‘lgan”. 27-iyul kuni berilgan mazkur zarba oqibatida bolalar doxil 12 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ziyod odam yaralangan.

Reuters agentligi manbasi SAXAL o‘ldirmoqchi bo‘lgan odam “Hizbulloh”dagi ikkinchi kishi hisoblanmish Hoji Muhsin bo‘lgani haqida ma’lum qilgan. Uning taqdiri haqida hech narsa ma’lum emas.

Isroil bilan Livan chegarasidagi vaziyat o‘tgan yilning 7-oktyabrida HAMAS guruhi Isroil janubiga hujum uyushtirgani va G‘azo sektorida jangovar harakatlar boshlangani ortidan keskinlashib ketgan. Isroil bilan “Hizbulloh” bir-birlarining hududlariga deyarli har kuni raketa otib kelmoqda.

Ayni paytda “Hizbulloh” hozircha Isroilga qarshi keng ko‘lamli urush olib bormayotganini bildirgan. Qo‘shma Shtatlar va boshqa qator davlatlar Isroil bilan “Hizbulloh”ning bir-biri hududlarini o‘qqa tutishi keng ko‘lamli urushga aylanib ketishi mumkinligidan xavotir bildirishgan.

XS
SM
MD
LG