Линклар

Шошилинч хабар
05 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:28

Isroil BMT bosh kotibi Guterrishni "istalmagan shaxs" deb e’lon qildi


Antoniu Guterrish
Antoniu Guterrish

Isroil BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish “istalmagan shaxs” (persona non grata) deb e’lon qilib, uning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas bildirdi, deya xabar qildi Reuters agentligi.

Eronning Isroilga qabihona hujumini dunyodagi qariyb barcha mamlakatlar kabi so‘zsiz qoralay olmagan shaxs Isroil yeriga qadam bosishga loyiq emas”, degan Kas.

Birinchi oktyabr kuni Eron Isroil hududiga 180 dan ziyod ballistik raketa otgan. Bu Livanning Eron tomonidan dastaklanayotgan “Hizbulloh” guruhi bilan Isroil o‘rtasidagi janglar eskalatsiyasi manzarasida sodir bo‘lgan.

Raketalarning anchaginasi havoda urib tushirilgan, biroq ko‘plab raketa raketaga qarshi mudofaa tizimini yorib o‘tgan.

Eron Isroil tomonga otilgan raketalarning 90 foizi nishonga urilganini, Isroil esa hech qayerga shikast yetmaganini iddao qilmoqda. Xabar yozilayotgan paytgacha hujum oqibatlari bo‘yicha hech qanday mustaqil baho e’lon qilingani yo‘q.

Hujumdan so‘ng Guterrish X ijtimoiy tarmog‘ida qisqagina qilib Yaqin Sharqdagi mojaro “eskalatsiya ortidan eskalatsiya bilan” kengayib borayotganini qoralashi hamda otashkesimga chaqirishi haqida post qoldirgan.

XS
SM
MD
LG