Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:45

Isroil bosh vaziri mudofaa vaziri Galantni ishdan oldi


Binyamin Netanyahu (chapda) va Yoav Galant.
Binyamin Netanyahu (chapda) va Yoav Galant.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mudofaa vaziri Yoav Galantga nisbatan o‘zida ishonch qolmaganini aytib, uni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Netanyahu ofisi ma’lumot tarqatdi.

Galantning o‘rniga Mudofaa vazirligiga rahbarlik qilish tashqi ishlar vaziri Israel Katsga topshirilgan. TIVga esa bundan buyon hukumatning yana bir a’zosi bo‘lgan Gideon Saar yetakchilik qiladi.

“Urushning ilk oylarida o‘zaro ishonch bo‘lib, hamkorlikdagi ish foyda berganiga qaramay, so‘nggi oylarda men va mudofaa vaziri o‘rtasidagi bu ishonchga, afsuski, putur yetdi”, deya ta’kidlagan Netanyahu Galantning iste’fosini izohlar ekan. Netanyahu Galant butun hukumat qarorlariga zid keluvchi qarorlar qabul qilgani va bayonotlar bilan chiqqanini ham qo‘shimcha qilgan. Bosh vazir o‘rtadagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga uringani, biroq ular “tobora kengayib borgani”, pirovardida bu vaziyatdan Isroil dushmanlari “ko‘p foyda topgani”ni urg‘ulagan.

Beshinchi noyabr kuni Yoav Galant ham bu borada izoh bergan. “Isroil davlati xavfsizligi doim hayotimdagi asosiy ish bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi”, degan sobiq mudofaa vaziri.

Reuters qaydicha, o‘ngchi “Likud” partiyasidan bo‘lgan Netanyahu va Galant bir necha oydan buyon G‘azo sektorida Falastinning HAMAS guruhiga (Isroil, AQSH va YIda terror tashkiloti deb topilgan) qarshi Isroil amaliyotining keyingi harakatlari yuzasidan bahslashib kelishayotgan edi. Bu bahslar HAMAS vakillarining 2023-yil 7-oktyabrida Isroil janubiga hujumidan keyinoq boshlangan. O‘sha paytdagi hujumda 1200 dan ziyod odam o‘lgan, 250 dan ziyod kishi esa garovga olinib, G‘azoga olib ketilgan.

Mavjud kelishmovchiliklar haqida so‘z ketganda harbiylar anchadan buyon jangovar harakatlarni to‘xtatish va HAMAS qo‘lida garovda tutib turilganlarni uyga qaytarish haqida kelishuvga erishish fikrini olg‘a surishayotganini qayd etish lozim. Netanyahu fikricha esa, jangovar harakatlar HAMAS G‘azo sektoridagi hukmron tashkilot va qurolli kuch sifatida yo‘q qilinmagunicha davom etishi shart.

XS
SM
MD
LG