Линклар

Шошилинч хабар
17 феврал 2025, Тошкент вақти: 09:44

Isroil va HAMAS vaqtincha otashkesim bo‘yicha kelishuvga erishdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Isroil hamda HAMAS radikal guruhi (AQSH va Yevropa Ittifoqida terror tashkiloti deb tan olingan) o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish hamda 2023-yilning 7-oktyabridagi hujum chog‘ida garovga olingan isroilliklarning bir qismini ozod qilish yuzasidan kelishuvga erishishgan. Bu haqda, Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy matbuot anjumanida e’lon qildi.

Kelishuvga erishilganini Isroil rasmiylari ham, HAMAS vakillari ham tasdiqlashgan. Sulh shartnomasi 19-yanvardan boshlab amalda bo‘ladi.

Isroil nashrlari kelishuv shartlarini ochiqlashgan. Unga ko‘ra, HAMAS isroillik 33 nafar garovdagi shaxsni ozod qiladi, bunga javoban Isroil HAMAS bilan hamkorlik qilganlikda va isroilliklarga hujumlarda aybdor deb topilgan mahbuslarni qamoqdan ozod qilish majburiyatini zimmasiga oladi. Garovga olingan har bir fuqaroviy shaxs uchun HAMASga 30 nafar mahkum, har bir harbiy uchun esa 50 nafar mahkum qaytariladi.

Ayni paytda ozod qilinayotgan garovdagilarning qanchasi tirik ekani, qanchasining jasadi qaytarilishiga aniqlik kiritilgan emas.

Kelishuvda o‘t ochishni olti haftaga to‘xtatish, G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuklangan 600 ta yuk mashinasi yo‘llash va SAXAL (Isroil armiyasi) qo‘shinlarining sektordan bosqichma-bosqich olib chiqish ko‘zda tutilgan.

HAMAS guruhi 2023-yil 7-oktyabrida Isroil janubiga uyushtirgan hujumi chog‘ida 250 dan ziyod odamni garovga olgan. Ularning bir qismi muzokaralar davomida ozod etilgan.

Mazkur hujumlarga javoban Isroil G‘azoda keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlagan. Amaliyot chog‘ida, HAMAS nazorati ostidagi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 45 mingdan ziyod falastinlik o‘ldirilgan.

XS
SM
MD
LG