Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 01:06

Janubiy Koreya prezidenti harbiy holatni bekor qildi


Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol deputatlarning ovoz berish jarayonidan keyin mamlakatda harbiy holat joriy etilishi to‘g‘risidagi farmonini bekor qildi. Mazkur qaror haqida mahalliy vaqt bilan tonggi soat 4:27 da davlat rahbari qarorgohidan turib uzatilgan teleyoyinda bildirildi. Keyinroq esa u hukumat majlisida ma’qullangan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar qildi.

Favqulodda holat joriy etilishi haqida 3-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:25 da e’lon qilingan edi. Olti soat davomida amalda bo‘lgan farmon siyosiy partiyalar faoliyati, norozilik chiqishlari, ish tashlashlarga taqiq qo‘yib, unda senzurani hamda o‘lim jazosi chiqarish huquqiga ega bo‘lgan harbiy-dala tribunallarini joriy qilish ko‘zda tutilgandi.

Rejimga qo‘mondonlik qilish quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i Pak An Suga topshirilgan. U parlament faoliyati to‘xtatilganini e’lon qilgan. Harbiylar parlament binosini egallab olishga urinishgan.

Shturm chog‘ida parlament binosiga kirib olgan deputatlar prezident qarorining bekor qilinishi uchun ovoz berishgan. Shundan so‘ng u qonunga muvofiq ravishda farmonni bekor qilishi lozim edi. Taxminlarga ko‘ra, harbiylar siyosiy partiyalar liderlari va parlament raisini hibsga olishga urinishgan.

Janubiy koreyalik ayrim siyosatchilar, agar harbiy holatni joriy qilish to‘g‘risidagi qaror qonuniy deb qabul qilinsa, deputatlarning ovoz berishining oldini olishga urinish hokimiyat uzurpatsiyasi o‘laroq baholanishi mumkinligini qayd etishmoqda. Prezidentga nisbatan biror rasmiy ayblov bildirilgani haqida hozircha ma’lum emas.

Muxolifatdagi Demokratik partiya vakili brifingda prezident iste’foga chiqishi lozimligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG