Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 18:35

Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat e’lon qildi


Seuldagi parlament binosi oldida turgan politsiyachilar, 2024-yil 3-dekabri
Seuldagi parlament binosi oldida turgan politsiyachilar, 2024-yil 3-dekabri

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol o‘z telemurojaati chog‘ida mamlakatda harbiy holat joriy etilishi haqida e’lon qildi. U mazkur tadbirni konstitutsiyaviy tuzumni shimoliy koreyaparast kuchlardan himoya qilish istagi bilan izohlagan, deya xabar qildi “KBS jahon radiosi”.

Yun Sok Yol muxolifatdagi Demokratik partiyani hukumat ishini falajlash harakatida ayblagan.

Yonhap agentligi ma’lumotiga ko‘ra, partiya parlamentdagi budjet qo‘mitasi orqali byudjetni qisqartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini o‘tkazgan hamda davlat auditori va bosh prokuror iste’fosini talab qilgan.

“Harbiy holat e’lon qilinishi erkin Koreya respublikasining konstitutsiyaviy qadriyatlariga ishongan va rioya qilgan durust insonlar uchun ayrim noqulayliklar yaratadi, biroq men bu noqulayliklarni imkon qadar kamaytirishga harakat qilaman”, deya bildirgan prezident.

Ayni paytda tarkibiga prezident Yun Sok Yol ham kirgan hukmron partiya vakillari harbiy holat joriy etishga oid qarorni noto‘g‘ri deb atashgan va uni to‘xtatishni va’da qilishgan. Muxolifatdagi Demokratik partiya mazkur qaror Konstitutsiyaga zid ekanini bildirib, deputatlarni parlament binosiga yig‘ilishga chaqirishgan.

Politsiya va parlament qo‘riqchilari qonun chiqarish organi binosini o‘rab olishgan. Binoga faqat deputatlar, parlament xodimlari va akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlargina qo‘yilmoqda.

Prezident mamlakatda harbiy holat joriy etgani ortidan o‘nlab odam parlament binosi oldiga chiqishgan, ular va politsiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan.

XS
SM
MD
LG