Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 02:48

Janubiy Koreyadagi aviahalokatda kamida 177 kishi qurbon bo‘ldi


Qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan Janubiy Koreya yo‘lovchi uchog‘i.
Qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan Janubiy Koreya yo‘lovchi uchog‘i.

29-dekabr kuni Janubiy Koreyaning Muan xalqaro aeroportida yo‘lovchi samolyoti qo‘nish vaqtida shassisi ochilmay qolgan va uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, to‘siqqa borib urilgan. Ayni damga kelib, aviahalokat oqibatida kamida 177 kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda. Voqea joyida qutqaruv xizmatlari ishlamoqda.

Janubiy Koreya transport vazirligiga ko‘ra, bortida 181 yo‘lovchi bo‘lgan "Jeju Eyr" layneri Tailand poytaxti Bangkokdan mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 9 da Janubiy Koreyaning Muan xalqaro ayeroportiga yetib kelgan va qo‘nish vaqtida halokatga uchragan.

Bu Janubiy Koreya tarixida so‘nggi 30 yil ichida ro‘y bergan eng yirik aviahalokat ekani aytilmoqda.

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda hodisa aks etgan kadrlar tarqalmoqda.


Muan o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Li Jung Xyonning aytishicha, yonayotgan samolyotning dum qismidan ikki nafar ekipaj a’zosi qutqarib olingan.

"Yong‘in soat 13:00da o‘chirildi. Faqat dum qismi biroz shaklni saqlab qolgan, samolyotning qolgan qismidan deyarli asar qolmagan", degan u.

Rasmiylar yaqin atrofdan jasadlarni qidirmoqda, deya qo‘shimcha qildi Li.

Mahalliy sog‘liqni saqlash markazi ikki ekipaj a’zosi o‘rta va og‘ir darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG