Линклар

Шошилинч хабар
21 май 2025, Тошкент вақти: 16:53

Jizzaxda tug‘ruqxonadan chaqaloq o‘g‘irlandi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Jizzax viloyatidagi tug‘ruqxonada chaqaloq o‘g‘riligi qayd etildi.

Kun.uz nashrining yozishicha, Zafarobod tumani Yorqin shaharchasida yashovchi ayol joriy yil 28-yanvar kuni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialida ikki o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

31-yanvar kuni soat 19:30 larda 25-30 yoshlardagi yuziga tibbiy niqob taqqan ayol onaning xonasiga kirgan va “Bolangizni shifokor ko‘rigiga olib boraman, qorni dam ekan” degan bahona blian chaqaloqlardan birini olib chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

Viloyat IIB o‘g‘irlangan chaqaloqni topishda jamoatchilikdan ko‘mak so‘ragan.

Ma’lum bo‘lishicha, chaqaloq shu kunning o‘zida topilgan. Uni o‘g‘irlab ketgan shaxs ham protsessual tartibda ushlangan.

Jizzax shahri prokuraturasi egizaklarning biri o‘g‘irlangani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan va dastlabki tergov harakatlariga kirishgan.

Ozodlik avvalroq O‘zbekistonda chaqaloq sotishga urinish holatlari ko‘paygani haqida tahliliy maqola chop etgandi.

Chaqaloq o‘g‘irlash esa kam uchraydigan jinoyat ekani aytiladi.

XS
SM
MD
LG