Линклар

Шошилинч хабар
17 май 2025, Тошкент вақти: 01:29

Kim Chen In Rossiyani og‘ishmay dastaklashini bildirdi


Kim Chen In KXDR Mudofaa vazirliggiga tashrifi chog‘ida, 2025-yil 8-fevrali
Kim Chen In KXDR Mudofaa vazirliggiga tashrifi chog‘ida, 2025-yil 8-fevrali

Shimoliy Koreya armiyasi va xalqi Pxenyan bilan Moskva o‘rtasidagi strategik hamkorlik ruhiga amal qilgan holda Rossiyaning o‘z suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha xatti-harakatlarini og‘ishmay dastaklaydi. Bu haqda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat Mudofaa vazirligiga tashrifi chog‘ida bildirgan.

Kim AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyaning uch tomonlama harbiy hamkorligi yuzasidan izoh berib, bu mamlakatlarni mintaqadagi taranglikni kuchaytirayotganlikda ayblagan. U Pxenyan eskalatsiyani maqsad qilmaganini, biroq harbiy muvozanatni saqlash uchun zarur choralarni ko‘rishini urg‘ulagan.

Avvalroq Yaponiyaning NHK telekanali 2025-yili Shimoliy Koreya Rossiya ko‘magida uzluksiz ravishda dron ishlab chiqarishni boshlashi haqida xabar qilgan edi. Manbalarga ko‘ra, mazkur bitimga shimoliy koreyalik harbiylarni Rossiyada tomonida turib, Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun yo‘llash evaziga erishilgan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda Moskva KXDRga yadroviy qurol yaratishda yordam bermoqchi emas, deya iddao qilishgan telekanal suhbatdoshlari.

O‘tgan oyda Janubiy Koreya Shimoliy Koreyani janglarda ishtirok etish uchun avval Rossiyaga yo‘llangan 11 ming askardan tashqari u yerga qo‘shimcha harbiylarni yo‘llashga hozirlik ko‘rayotganlikda gumonlayotganini bildirgan.

9-fevral kuni yoyinlangan boshqa bir xabarda KXDR Markaziy telegraf agentligi Janubiy Koreyaning AQSH bilan hamkorlikda harbiy faolligini yana bir bor tanqid qilib chiqqan. “Tajovuzkor xatti-harakatlar istalmagan oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin”, deyilgan agentlik xabarida.

XS
SM
MD
LG