Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 00:51

Mayya Sandu yana Moldova prezidenti o‘laroq ish boshladi


Mayya Sandu inauguratsiya marosimida, Kishinyov, 2024-yil 24-dekabri
Mayya Sandu inauguratsiya marosimida, Kishinyov, 2024-yil 24-dekabri

Kishinyovda 24 dekabr kuni Mayya Sandu ikkinchi muddatga Moldova prezidenti sifatida ish boshlashi oldidan inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Mandatni itoat va qat’iyat bilan qabul qilaman”, dedi u Respublika saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosim chog‘ida. 500 chog‘li odam oldida so‘zlagan nutqida Mayya Sandu o‘zidan “Yevropa Ittifoqidagi Moldova” meros bo‘lib qolishi lozimligini aytdi. Ayni paytda u yevrointegratsiyani “jannatga olingan biznes-klass chiptasi” o‘laroq ko‘rmaslik kerakligini qayd etdi.

O‘zining birinchi muddati haqida gapira turib, Sandu Moldova xalqaro darajada “yanada hurmatga sazovorroq” bo‘lgani hamda energetik qaramlikdan qutula boshlaganini bildirgan, deb yozdi Ozodlikning moldovan xizmati.

Mayya Sandu ikkinchi prezidentlik muddatiga shu yil 3-noyabrida o‘tkazilgan prezident saylovining ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra saylangan. Sandu xorijdagi saylov uchastkalari hisobidan g‘alaba qozongan: unga chet mamlakatlardagi diaspora vakillari yoppasiga ovoz bergan. Mamlakat ichkarisida esa uning raqibi, sobiq bosh prokuror Aleksandr Stoyanoglu ko‘proq ovoz olgan. U rossiyaparast Sotsialistlar partiyasidan nomzod o‘laroq ko‘rsatilgan edi.

Saylovning ikkinchi bosqichida ovoz berish kunida Moldova yevrointegratsiya tarafdori bo‘lgan rasmiylari yana bir bor Moskvani saylovga aralashganlikda, jumladan saylovchilarni Rossiyadan boshqa mamlakatlarga avtobuslarda va uchoqlarda tashiganlikda ayblab chiqishgan. Kreml bu kabi ayblovlarni bir necha bor rad etgan.

XS
SM
MD
LG