Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2025, Тошкент вақти: 21:04

Mirzamahmudov: Qishga 5,1 milliard kub metr gaz g‘amladik


O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov

O‘zbekistonning “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gaz omborlarida qish mavsumi uchun 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlandi, deb ma’lum qildi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov YouTube'dagi “Lolazor” podkastida.

Mulozim bu yil o‘tgan yilga nisbatan 1,1 mlrd kub metr ko‘proq gaz zaxirasi yig‘ilganini urg‘ulagan.

Hozirda mamlakatda “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gaz saqlash omboridan foydalanilmoqda. Mirzamahmudov mahalliy blogerlar bilan muloqot mobaynida “So‘x” gaz ombori bo‘yicha esa ishchi guruh tuzilgani, o‘rganish ishlari olib borilayotganini qayd etgan. Mazkur ombor Qirg‘iziston hududida joylashgan bo‘lib, kompressorlar va boshqa texnologik uskunalar O‘zbekiston hududida hisoblanadi.

Avvalroq “Gazli” quvvatini 2025-yilga qadar ikki barobar oshirib, 3 mlrd kub metrdan 6 mlrd kub metrgacha oshirish rejasi e’lon qilingandi. Vazirga ko‘ra, hozircha ombor quvvati 4,5 mlrd kub metrgacha kengaytirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2023-yili kuz-qishga hozirlik doirasida “Gazli” va “Xo‘jaobod” omborlari 98 foizga to‘ldirilgani ma’lum qilingan, ammo o‘tgan yili ham sovuq mavsum gaz taqchilligi bilan yodda qolgandi.

Umuman, keyingi uch-to‘rt yilda mamlakatda kuz-qish mavsumida gaz to‘ldirish shoxobchalarida turnaqator navbatlar paydo bo‘lishi, hatto AYQSHlarda cheklovlar joriy etilishi odatiy holga aylangan.

XS
SM
MD
LG