Линклар

Шошилинч хабар
10 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:47

Mirziyoyev meva-sabzavot eksporti sust viloyatlarni tanqid qildi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekistondagi ayrim viloyat, tuman hokimlari, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlar ishni to‘g‘ri tashkil qilmagani sabab meva-sabzavot eksport hajmida katta o‘zgarish sezilmayapti.

Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan 28-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev ana shu masalaga to‘xtalgan.

Yeri boshqalardan karra-karra ko‘p bo‘lgan Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida o‘sish ularning imkoniyati va sharoitiga mutlaqo mos emasligi, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining eksporti esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga yetmayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, 64 ta tumanda eksport o‘tgan yilga nisbatan kamaygan bo‘lsa, shundan 17 tasida 50 foizga ham yetmagan.

Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar to‘liq ishlatilmayotgani, ayrim hududlar birorta loyiha taklifi bermagani ham e’tiroz uyg‘otgan.

Hokimlar bugun dunyodagi og‘ir vaziyatni hisobga olib, har kuni izlanib, yangi-yangi imkoniyatlar topib, ishga solishi shartligi haqida ogohlantirildi”, deyilgan Prezident matbuot xizmati xabarnomasida.

Yig‘ilishda oziq-ovqat eksporti borasidagi yutuqlar ham sanalgan.

Qayd etilishicha, bu yil O‘zbekistonning oziq-ovqat eksporti o‘tgan yilga nisbatan 370 million dollarga (1,2 barobar) o‘sib, 2 milliard dollardan oshdi.

Mamlakat o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa, gilos va shaftoli bo‘yicha 6-7-o‘ringa, mosh va boshqa dukkakli mahsulotlar bo‘yicha 10-o‘ringa chiqdi.

Eksport Qoraqalpog‘iston va Jizzaxda 2,2 barobar, Xorazmda 1,8 barobar va Surxondaryoda 1,6 barobar ko‘paydi.

Ozodlik avvalroq O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari an’anaviy bozorlarni boy berayotgani, mamlakatdan meva-sabzavotni eksport qilish shartlari yomonlashgani haqida tahliliy maqola yoyinlagan edi.

XS
SM
MD
LG