Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 18:39

Mirziyoyev Putin taklifi bilan Sankt-Peterburgga boradi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin taklifiga binoan 25-26-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan MDH va YOII sammitlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Xabarnomaga muvofiq, Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida hamda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.

Sammitlar kun tartibidan mazkur ko‘p tomonlama birlashmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan. Birgalikda qilingan ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashiladi”, deyilgan xabarnomada.

RF prezidenti Vladimir Putin o‘z tug‘ilgan kuni yoki Yangi yil arafasida O‘zbekiston doxil “do‘st” mamlakatlar prezidentlarini Rossiyaga taklif qilib turishi odat tusiga kirgan. Deylik, O‘zbekiston prezidenti shu yil 7-oktyabrida ham (Putinning tug‘ilgan kunida) “amaliy tashrif bilan” Moskvaga borgan edi. O‘sha paytda Mirziyoyevning safariga MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining Moskvada bo‘lib o‘tadigan galdagi sammiti asos o‘laroq ko‘rsatilgandi. Oktyabr oyida 72 yoshga to‘lgan Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasini qariyb chorak asrdan buyon boshqarib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG