Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:46

Moskvada o‘zbek geroinfurushi halok bo‘ldi


Moskvaning Domodedovo aeroportida oshqozonida geroin olib kelayotgan o‘zbek fuqarosi olamdan o‘tdi. 25 mart kuni sodir bo‘lgan bu hodisa haqida Rossiyaning Lenta.ru nashri bugun xabar qildi.

Ismi aytilmayotgan O‘zbekiston fuqarosi Toshkent-Moskva reysi bilan Rossiya poytaxtiga uchib kelgan. Domodedovo aeroportga kelishi bilan hushidan ketib qolgan va kasalxonada jon bergan.

Keyinchalik uning jasadi yorib ko‘rilganida oshqozonida 74 ta kapsulada 646 gramm geroin bo‘lgani aniqlangan. Bunday miqdordagi geroin qorabozorda 100 ming AQSh dollari turadi.

Giyohvand moddalar tashish bilan shug‘ullanadigan shaxslar hayoti ba‘zida o‘lim bilan yakunlanadi. O‘tgan yil mart oyida Moskvaning Vnukovo aeroportida tojikistonlik yigit oshqozonidagi geroin kapsulasining yorilishi oqibatida halok bo‘lgan edi.

Rossiya hududiga giyohvand moddalar¸ asosan¸ Afg‘onistondan, Markaziy Osiyo respublikalari orqali keltiriladi. Narkotiklarni nazorat qilish xizmatiga ko‘ra, Rossiyada giyohvandfurushlar geroin savdosidan yiliga 16 milliard dollar foyda ko‘rishadi.
XS
SM
MD
LG