Линклар

Шошилинч хабар
30 декабр 2025, Тошкент вақти: 05:28

Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv e’lon qilindi


O‘zbekiston chegarasini qo‘riqlayotgan harbiy xizmatchilar (illyustrativ surat)
O‘zbekiston chegarasini qo‘riqlayotgan harbiy xizmatchilar (illyustrativ surat)

Chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2025-yilning mart – aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Prezidentning bu haqdagi qaroriga muvofiq, harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.

Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar esa mart – aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatiladi.

O‘zbekiston prezidenti 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida “hozirgi vaqtda dunyo miqyosida turli xavf-xatarlar, qurolli to‘qnashuvlar tobora avj olib borayotgan o‘ta murakkab vaziyatda Qurolli Kuchlar jangovar salohiyati, harbiy xizmatchilarning jismoniy va ma’naviy shayligini oshirish har qachongidan ham dolzarb” ekanini ta’kidlagandi.

Uchinchi fevral kuni mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham prezident Mirziyoyev “eng yangi texnika va qurol-yarog‘lardan mohirona foydalanishga qodir harbiy kadrlarni tayyorlash” zaruratiga to‘xtalgan.

XS
SM
MD
LG