Линклар

Шошилинч хабар
22 май 2024, Тошкент вақти: 11:17

Mushtlashuvda qatnashgan 15 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan badarg‘a qilinadi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiyaning Tuapse shahridagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan o‘zbekistonlik 15 nafar fuqaro mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi prokuraturasining matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Xabarnomaga muvofiq, hodisa 24-aprel kuni sodir bo‘lgan — maishiy xarakterga ega bo‘lgan janjal ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan.

Qayd etilgan shaxslar neftni qayta ishlash zavodida ish yurituvchi tashkilot xodimlari bo‘lib hisoblanadi”, deyilgan prokuratura xabarnomasida.

Rossiyalik huquq-tartibotchilarga ko‘ra, mushtlashuvda qatnashayotgani aytilayotgan o‘zbekistonliklarning hammasi ma’muriy javobgarlikka tortilgan, ularni Rossiyadan badarg‘a qilish haqida qaror qabul qilingan.

XS
SM
MD
LG