Шошилинч хабар
23 Noyabr 2026, Toşkent vaqti: 18:12

"Katta oğalardan çarçadik". Markaziy Osiyo va Ozarbayjonning yaqinlaşuvi ortida nima turibdi?

Boku sönggi paytlarda Markaziy Osiyo bilan faol hamkorlik qilmoqda. Ozarbayjon mintaqa yetakçilarining maslahat uçraşuvlarida töla huquqli iştirokçiga aylandi va 2027-yilda ilk bor bu uçraşuvlarga raislik qiladi. U Qirğiziston bilan ittifoqçilik şartnomasini, Özbekiston bilan abadiy döstlik şartnomasini imzoladi va qöşma investitsiya jamğarmalarini tuzdi. Ozarbayjon tadbirkorlari mintaqada loyihalarni rivojlantirmoqda. Sentabr oyida esa Boku asli özbek bölgan rossiyalik oligarx Alişer Usmonovga qarşi Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining bekor qilinişi bilan boğliq voqeaga aralaşib qoldi. Bularning bari Boku bilan uning boş ittifoqçisi Turkiya örtasidagi kelişmovçiliklar fonida yuz bermoqda. Bu yaqinlaşuv ortida nima turibdi — yangi bozorlar va savdo yöllari, siyosiy elitalarning manfaatlari yoki "katta oğalar" ta’siridan qutuliş istagi?

Faxriy mehmondan raisgacha

Bir neça yil avval Ilhom Aliyev Markaziy Osiyo yetakçilarining maslahat uçraşuvlariga faxriy mehmon sifatida kelardi. Endi Ozarbayjon bu siyosiy klubning töla huquqli a’zosi. Aliyev yangi maqomda ilk bor 2026-yil yozida Qirğizistonning Çölponota şahrida ötgan uçraşuvda qatnaşdi. Kelasi yili esa Boku ilk bor bu uçraşuvlarga raislik qilişi kerak.

Bu şunçaki rasmiyatchilik emas. Aliyevning aytişiça, u uç yarim yil içida mintaqaga 16 marta tashrif buyurgan, markaziy osiyolik hamkasblari esa Ozarbayjonga 26 marta kelgan.

"Bu raqamlar aloqalar qay sur’atda rivojlanayotgani, munosabatlar qançalik yaqin ekani va bugun Markaziy Osiyo bilan Ozarbayjon yagona geosiyosiy va geoiqtisodiy mintaqaga aylanganini hammadan yaxşi körsatadi", — degan edi Aliyev Çölponotada.

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy maslahat uçraşuvi. Çölponota, Qirğiziston. 2026-yil 31-iyul.
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy maslahat uçraşuvi. Çölponota, Qirğiziston. 2026-yil 31-iyul.

Bu diplomatik faollik ortida aniq kelişuvlar va mablağ turibdi. Ozarbayjon Qirğiziston bilan ittifoqçilik munosabatlari töğrisida şartnoma, Özbekiston bilan esa abadiy döstlik töğrisida hujjat imzoladi. Aliyevning yordamçisi Hikmat Hojiyevning sözlariga köra, bu Boku diplomatik amaliyotida şu turdagi birinçi hujjatdir.

Ozarbayjon Bişkek, Toşkent va Ostona bilan qöşma investitsiya jamğarmalarini tuzdi. Ularning kapitali yildan yilga ösib bormoqda. Mamlakatlar bir-birining hududida maktablar, boğlar va mehmonxonalar oçmoqda, yangi biznes loyihalarini yo‘lga qöymoqda.

"Biz Markaziy Osiyo bilan Janubiy Kavkaz örtasida mustahkam köprik quramiz, yagona hamkorlik makonini şakllantirişga yöl oçamiz. Bu, şubhasiz, har ikki mintaqaning strategik boğliqligi va barqarorligini mustahkamlaydi", — degan edi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bu yaqinlaşuv haqida.

Savdo aloqalari ham rivojlanmoqda. Aliyevning aytişiça, 2025-yilda Ozarbayjonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 50 foizdan ziyodga ösdi. Ozarbayjonning özida Markaziy Osiyo kapitali iştirokidagi 400 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda.

Ilhom Aliyev, Sadir Japarov, Emomali Rahmon va Şavkat Mirziyoyev golf klubining oçiliş marosimida. Çölponota, Qirğiziston. 2026-yil 31-iyul.
Ilhom Aliyev, Sadir Japarov, Emomali Rahmon va Şavkat Mirziyoyev golf klubining oçiliş marosimida. Çölponota, Qirğiziston. 2026-yil 31-iyul.

Usmonovga qarşi sanksiyalar bekor qilinişiga Boku qanday aloqador bölib qoldi?

Bu yaqinlaşuv oçiq siyosatda ham, parda ortida ham közga taşlanmoqda. Ozarbayjon, Özbekiston, Fransiya va Rossiyaning eng taniqli milliarderlaridan birining manfaatlari kutilmaganda bir nuqtada tutaşgan voqea bunga misol bölişi mumkin.

Sentabr oyida Ozarbayjon bir qaraşda öziga umuman aloqasi bölmagan voqealar markazida qoldi. Yevropa Ittifoqi asli özbek bölgan rossiyalik oligarx Alişer Usmonovga qarşi sanksiyalarni bekor qildi.

OAV xabarlariga köra, bu taşabbusni Fransiya va Slovakiya ilgari surgan. Biroq Financial Times va Reuters bundan manfaatdor yana bir tomon Ozarbayjon bölganini xabar qildi. Jurnalistlar ma’lumotiga köra, Parijga aynan Boku bosim ötkazgan bölişi mumkin.

Öşa paytda Ozarbayjonda Fransiyaning ikki fuqarosi hibsda edi. Ikki davlat örtasidagi munosabatlar, asosan, Armaniston masalasi tufayli nihoyatda tarang edi. Usmonovga qarşi sanksiyalar bekor qilingaç, Boku josuslikda ayblanib sudlangan fransuzlardan birini afv etdi.

Bu voqealar örtasida bevosita boğliqlik bormidi? Ozarbayjon sanksiyalarni bekor qildiriş uçun lobbiçilik qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Ozarbayjon Milliy majlisi deputati Rasim Musabekov ham Boku Usmonov manfaatlarini közlab harakat qilganini inkor etadi. Uning fikriça, çeklovlar bekor qilinişidan avvalo Parij va Toşkent manfaatdor edi. Musabekovning aytişiça, Fransiyaga atom elektr stansiyalari uçun Özbekiston urani kerak, Fransiya fuqarosini ozod qiliş esa kelişuvlarning qöşimça şarti bölgan.

Ozarbayjon Milliy majlisi deputati Rasim Musabekov
Ozarbayjon Milliy majlisi deputati Rasim Musabekov

"Özbekiston lobbiçilik qildi, Makron ham lobbiçilik qildi. Makron öz fuqarolari oldida yaxşi köriniş uçun Mirziyoyevdan Ozarbayjonni Usmonov böyiça kelişuvga rozi bölişga ham, hibsdagi fransuz josusini ozod qilişga ham köndirişni qat’iy söradi. Ya’ni Ozarbayjon heç narsani lobbi qilmadi. U köp sonli iltimoslarni inobatga oldi", — deydi Musabekov.

Parijda Fransiya fuqarosining ozod etilişini Boku bilan olib borilgan "sabr-toqatli" muloqot natijasi deb atadilar. Parij bu voqeaning Usmonovga qarşi sanksiyalar bekor qilinişiga aloqasi borligi haqida oçiq bayonot bermadi.

Agar Ozarbayjon bu masalada Özbekistonga haqiqatan yordam bergan bölsa, evaziga nima olgan bölişi mumkin? Siyosatşunos va Central Asia Due Diligence rahbari Alişer Ilhomovning taxminiça, gap iqtisodiy manfaatlar haqida ketişi mumkin.

Central Asia Due Diligence rahbari Alişer Ilhomov
Central Asia Due Diligence rahbari Alişer Ilhomov

"Hozir biz [Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi] SOCAR Özbekistonning neft-gaz sohasida muayyan imtiyozlarga ega bölayotganini bilamiz. Bu sohada işlaydigan ayrim kompaniyalar esa Ozarbayjon prezidenti oilasiga yaqin. Bunday almashinuv parda ortida keçmoqda. Geosiyosiy ittifoqdan taşqari, oligarxlar ittifoqi ham bor", — deydi Alişer Ilhomov.

Yevrosiyo mintaqasi tadqiqotçisi va turkiyalik tarixçi Oğul Tuna bu voqeaga boşqa tomondan qaraşni taklif qiladi. Uning fikriça, muzokaralar tafsilotlaridan qat’i nazar, bu voqea Ozarbayjon diplomatiyasining imkoniyatlarini körsatadi. Ekspertning fikriça, Boku Parij bilan ziddiyatda bölganiga qaramay, xalqaro muzokaralarda ta’sirli iştirokçi bölgan bölişi mumkin.

Yevrosiyo mintaqasi tadqiqotçisi Oğul Tuna
Yevrosiyo mintaqasi tadqiqotçisi Oğul Tuna

"Ehtimol, Ozarbayjon Özbekistonning iltimosiga köra, balki Rossiya ham doxil boşqa davlatlarning iltimosiga köra ham öz diplomatik nufuzidan foydalangandir. Biz Ozarbayjonning Yevropa parlamenti va AQŞdagi faoliyatini köp yillardan beri kuzatib kelamiz. Bu masala böyiça anchagina tadqiqot va suriştiruvlar ötkazilgan. Ozarbayjon lobbiçilikka katta resurs ajratadi va bu borada muvaffaqiyatga erişmoqda", — deydi Tuna.

Emin Ağalarov va uning loyihalari

Markaziy Osiyo uçun Ozarbayjon Ğarb bilan diplomatik aloqalarda qöşimça vosita bölişi mumkin. Boku uçun esa bu yaqinlaşuv yangi iqtisodiy imkoniyatlar oçmoqda. Siyosiy elitalarga yaqin biznes vakillari ham bundan foyda körişi mumkin.

Emin Ağalarov — rossiyalik-ozarbayjonlik xonanda, yirik tadbirkor va Ilhom Aliyevning sobiq kuyovi. Bugun u Boku bilan Markaziy Osiyo örtasidagi iqtisodiy yaqinlaşuvning eng közga köringan iştirokçilaridan biri.

Şavkat Mirziyoyev va Emin Ağalarov
Şavkat Mirziyoyev va Emin Ağalarov

Ağalarov Toşkentning asosiy içimlik suvi manbai bölgan Çorvoq suv ombori sohilida Sea Breeze Uzbekistan kurortini qurmoqda. Uning aytişiça, loyiha uçun bu joyni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev şaxsan tavsiya qilgan.

Kompaniyaga yer ajratiş şartlari ham e’tibor tortdi. Kompaniya 577 gektar yerni 25 yilga ijaraga olgan. Keltirilgan hisob-kitobga köra, bunday yer maydonining bozor narxidagi ijara haqi qariyb 133 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Amaldagi ijara haqi esa 1,3 million dollar. Farq qariyb yuz baravar. Özbekiston rasmiylari buni kompaniya infratuzilma uçun 240 million dollar badal tölaşi kerakligi bilan izohlamoqda.

Qurilişga kimlar start bergani ham ramziy ahamiyatga ega. Qurilişni Özbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Mirziyoyev va Aliyev şaxsan boşlab bergan. Siyosatşunos Alişer Ilhomovning fikriça, bunday loyihalar ikki mamlakatdagi nufuzli guruhlar örtasidagi iqtisodiy aloqalar bilan birga şaxsiy aloqalarni ham mustahkamlaşi mumkin.

"Ikki mamlakat, har holda, shu ikki mamlakat örtasida oligarxlar ittifoqi bor. Boşqa mamlakatlar bilan munosabatlar qanday rivojlanişini bilmayman. Bularning bari özaro aloqalarni mustahkamlaydi va Ozarbayjon bilan Markaziy Osiyo örtasida hozir şakllanayotgan ittifoqni kuçaytiradi", — deydi Ilhomov.

Şavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev
Şavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev

Sea Breeze — Özbekistonda prezident Aliyevning yaqin doirasiga boğlanayotgan yirik biznes loyihalaridan biri. Toşkentda Ozarbayjonning PASHA xoldingi beş yulduzli mehmonxona va The Ritz-Carlton turar joy majmuasini qurmoqda. Loyihaning e’lon qilingan qiymati 200 million AQŞ dollarini taşkil etadi.

OCCRP suriştiruvçilari va ozarbayjonlik jurnalistlar ma’lumotiga köra, PASHA Holding Aliyevning qizlari Leyla va Arzu bilan boğliq.

Ötgan yili Emin Ağalarov Qozoğistonning Manğistov viloyatida xalqaro darajadagi kurort oçmoqçi ekanini aytdi. Kazakh Tourism davlat kompaniyasi va Ağalarovning Sea Breeze Resort kompaniyasi memorandum imzoladi hamda Kaspiyning Qozoğiston sohilida Ozarbayjondagi Sea Breeze’ga öxşaş dam oliş hududini barpo etiş imkoniyatini muhokama qildi.

Keyinroq OAV Qozoğiston mamlakat janubi-şarqidagi Alaköl köli böyida sanatoriy-kurort majmuasini qurişni Bokuga taklif qilgani haqida yozdi.

"Hammamiz katta oğalardan çarçadik"

Uzoq vaqt Turkiya Bokuning boş ittifoqçisi bölib keldi. Gap umumiy tarix, til va madaniyat bilangina çeklanmaydi. Anqara Ozarbayjon armiyasini modernizatsiya qilişda ham muhim rol öynadi. Ozarbayjon qurolli kuçlari Turkiya standartlarini joriy qildi, turkiyalik ofitserlar esa harbiy maslahati sifatida iş olib bordi.

Endi şunga öxşaş hamkorlik Markaziy Osiyoda ham rivojlanmoqda. Yaqinda Özbekiston, Ozarbayjon va Turkiya qöşma harbiy maşqlar ötkazdi. Avvalroq ozarbayjonlik va qozoğistonlik harbiy dengizçilar Kaspiyda birgalikda manyovrlar bajarişni maşq qilgan edi.

"Turkiya NATO mamlakatlarida amal qiladigan standartlarni Ozarbayjonga tatbiq etişda yordam berdi. Ya’ni Turkiya NATO bilan Ozarbayjon örtasida vositaçi böldi. Bu aloqalar Ozarbayjonning mudofaa salohiyatini mustahkamlaşga xizmat qildi. Endi Ozarbayjon öz navbatida bu tajribani Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ham bölüşmoqda. Mintaqa mamlakatlari mudofaa salohiyati zamon talablariga mos bölişidan manfaatdor", — deydi Ilhomov.

Biroq ekspertlar bir muhim jihatga e’tibor qaratadi. Turkiya bilan hamkorlik Markaziy Osiyo mamlakatlari Anqarani mintaqaning yangi yetakçisi sifatida tan olişga tayyor degani emas. Ozarbayjonning özi ham Turkiya bilan tarixan yaqin ittifoqçi bölgani holda, aftidan, mustaqil siyosat yuritişga intilmoqda.

"Bu özini "katta oğa" deb ataş huquqini beradimi? Menimça, hammamiz "katta oğalar"dan çarçadik. Şu ma’noda, heç birimizga "katta oğalar" kerak emas. Bizga iqtisodiyotni birga rivojlantiradigan, aloqalarimizni birga mustahkamlaydigan oğalar kerak", — deydi deputat Musabekov.

Bu gaplar Boku bilan Anqara örtasidagi sönggi kelişmovçiliklar fonida yangramoqda. Oçiq ziddiyatga sabablardan biri Ozarbayjonda maktab formasiga oid yangi qoidalar böldi. Şu qoidalar tufayli hijobli öquvçi qizlar darsga qöyilmay qoldi.

Bu Turkiyada, jumladan, prezident Rajab Toyyib Erdoğanga yaqin kishilar orasida keskin tanqidga sabab böldi. Erdoğanning maslahatiçilaridan biri Boku sha’niga öta keskin gaplar aytganidan söng lavozimidan ayrildi. Ozarbayjonda Turkiyadan yangragan tanqidni mamlakatning içki işlariga aralaşuv deb atadilar. Boş prokuratura Turkiyaning sakkiz fuqarosini qidiruvga berdi, Taşqi ishlar vazirligi esa bir qator bloger, jurnalist va siyosatçinin mamlakatga kirişini taqiqladi.

Ekspertlar fikriça, hijob atrofidagi mojaro çuqurroq ziddiyatlarning sirtdagi körinişidir.

"Boku Qoraboğ ustidan nazoratni tiklaşga intilar ekan, Turkiya bilan bir qatorda Isroildan ham harbiy yordam oldi. Ayrim turdagi qurol-yaroğ Isroildan yetkazib berildi. Bir misol: BMT Boş Assambleyasi sessiyasida Netanyahu nutq sözlayotganida bir qator delegatsiyalar zalni tark etdi, Ozarbayjon delegatsiyasi esa zalda qoldi", — deya eslatadi Alişer Ilhomov.

Turkiya Isroilni keskin tanqid qilayotgan bir paytda Ozarbayjon u bilan yaqin hamkorlikni davom ettirmoqda. Boku Isroilga neft yetkazib beruvçi muhim hamkorlardan biri bölib qolmoqda. Isroil esa Ozarbayjonga qurol-yaroğ yetkazib beradi. Bu hamkorlik Isroil uçun strategik ahamiyatga ham ega, çunki Ozarbayjon Eron bilan çegaradoş. Isroil tahlil markazlari buni ikki mamlakat munosabatlaridagi asosiy omillardan biri deb biladi.

Ilhom Aliyev va Isroil prezidenti Itsxak Gersog
Ilhom Aliyev va Isroil prezidenti Itsxak Gersog

Markaziy Osiyo mamlakatlari ham Anqaraning siyosiy maqsadlarini har doim qöllab-quvvatlayvermaydi. Masalan, Turkiyaning köp yillik sa’y-harakatlariga qaramay, ular hanuz Şimoliy Kipr mustaqilligini tan olmagan.

"Turkiyaning ustun mavqega ega bölişi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning köp vektorli taşqi siyosatiga zid. Ha, madaniy yaqinlik bor, hissiy rishtalar bor, 'biz bir xalqmiz' degan siyosiy gaplar ham bor. Lekin oxir-oqibat gap davlatlar haqida ketyapti. Har bir davlatning manfaati esa oxir-oqibat bir-biridan farq qiladi. Ular kelajakda Turkiya ham Rossiya yoki Eron kabi bu mintaqadagi barqarorlikka putur yetkazadigan kuçga aylanişini istamaydi", — deydi Oğul Tuna.

Mintaqadagi yana bir an’anaviy kuç markazi — Rossiya bilan munosabatlar yanada murakkab. Sönggi yillarda Boku Moskvadan tobora uzoqlaşmoqda. Rossiya Ukrainadagi uruşga botib, arman kuçlariga yordamga kelmagan bir paytda Ozarbayjon Qoraboğ ustidan nazoratni tikladi. Keyinçalik rossiyalik tinçlikparvar kuçlar ham mintaqani tark etdi.

Şundan söng Qozoğistonning Aqtov shahri yaqinida fojia yuz berdi. 2024-yil dekabrida u yerda Azerbaijan Airlines samolyoti halokatga uçradi. 38 kişi halok böldi. Boku halokat uçun javobgarlikni Rossiya havo mudofaasi kuçlari zimmasiga yukladi. Ikki davlat munosabatlari keskin yomonlaşdi. Keyinroq Rossiya rahbari Vladimir Putin Ilhom Aliyevdan uzr söradi.

Ayrim ekspertlar fikriça, Ozarbayjonning Moskva bosimiga qarşi turiş tajribasi Markaziy Osiyo davlatlarida alohida qiziqiş uyğotmoqda.

"Markaziy Osiyo uçun bu yerda asosiy masala — Rossiya bilan munosabatlar. Ozarbayjon Moskva bilan munosabatlarda öz suverenitetini himoya qila oldi. Bu namuna mintaqa mamlakatlariga katta ilhom berdi va ularda Boku bilan yaqinlaşişga qiziqiş uyğotdi", — deydi Alişer Ilhomov.

Nega aynan hozir?

Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlarini umumiy sovet tarixi, madaniy va til aloqalari boğlab turadi. Ular örtasida jiddiy hududiy nizolar yöq. Ammo yaqin-yaqingacha bu munosabatlar ança vazmin sur’atda rivojlanayotgan edi. Nima özgardi?

Ozarbayjon parlamenti deputati Rasim Musabekov Bokuning taşqi siyosatdagi ustuvor yönalişlari sönggi ön yilliklarda qanday özgarganiga e’tibor qaratişni taklif qiladi. Uning aytişiça, Ozarbayjon uzoq vaqt asosan ğarbiy yönaliş va Qoraboğ atrofidagi mojaroga e’tibor qaratgan. Bunga katta diplomatik, harbiy va iqtisodiy resurslar sarflangan. Musabekovning aytişiça, Qoraboğ ustidan nazorat tiklangaç, Bokuda boşqa mintaqalarga köproq e’tibor qaratiş imkoni paydo böldi.

"Avvallari diplomatik sa’y-harakatlar va iqtisodiy resurslarning, ehtimol, 80 foizi qurolli kuçlarni mustahkamlaşga yönaltirilardi. Biz xalqaro maydonlarda ham, axborot makonida ham Armanistonga qarşi turişga majbur edik. Ğalabadan söng Ozarbayjonning resurslari böşadi, mamlakat xalqaro maydonda özini ança işonçli his qila boşladi. Bugun biz taşqi siyosat strategiyamizni qayta körib çiqiş imkoniga ega böldik", — deydi Musabekov.

Markaziy Osiyo kelajagini yana bir muhim davlat — Xitoysiz tasavvur qiliş qiyin. Ozarbayjon uçun ham Pekin bilan munosabatlar tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. 2025-yil aprelida Boku va Pekin har tomonlama strategik şeriklik töğrisidagi bayonotni imzoladi.

Bu borada Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi Ozarbayjonga asqotişi mumkin.

"Bizda Turkiya, Yevropa mamlakatlari va Buyuk Britaniya bilan hamkorlik tajribasi köproq. Markaziy Osiyo davlatlarida esa Xitoy bilan işlaş tajribasi köproq. Menimça, töplangan bu tajriba ham Ozarbayjonga, ham Markaziy Osiyo mamlakatlariga foyda keltiradi", — deydi deputat.

Rossiya va Eronni aylanib ötuvçi yöl

Boku bilan Markaziy Osiyoning yaqinlaşuviga yana bir sabab bor. Uzoq muddatda iqtisodiy jihatdan eng muhimi ham şu bölişi mumkin.

Mintaqa mamlakatlarining oçiq dengizga çiqiş yöli yöq. Özbekiston esa oçiq dengizga çiqiş uçun kamida ikki davlat hududidan ötişi kerak. Dunyoda bunday davlatlar ikkita — Özbekiston va Lixtenşteyn.

Xitoydan Yevropaga quruqlik orqali uçta yöl bor. Birinçi va eng yirigi — Şimoliy koridor. U Şarqiy Qozoğiston orqali Rossiyaga, u yerdan Transsibir magistrali böylab Yevropaga olib boradi. Ammo Rossiyaga sanksiyalar qöyilgan. Janubiy yöl Eron orqali ötadi. U yerda uruş ketyapti, Eronga ham sanksiyalar qöyilgan. Şunda Örta koridor qoladi. U Transkaspiy xalqaro transport marşruti deb ham ataladi.

Örta koridor (Transkaspiy marşruti) va Xitoydan Qirğiziston hamda Özbekistonga qurilayotgan temir yöl
Örta koridor (Transkaspiy marşruti) va Xitoydan Qirğiziston hamda Özbekistonga qurilayotgan temir yöl

Yuk poyezdi Qozoğiston orqali Kaspiy dengizigacha boradi. U yerdan yuk paromda Ozarbayjonning Alat portiga, keyin yana poyezdda Gruziya, Turkiya va Yevropaga taşiladi. Bu Markaziy Osiyo tovarlari uçun Ğarb bozorlariga çiqişning yana bir yöli.

"Markaziy Osiyo va Ozarbayjon dunyoga, Xitoy, Yevropa va Qo‘şma Ştatlarga şuni aytmoqçi: biz juda barqaror mintaqamiz. Tilimiz, madaniyatimiz, dinimiz va tariximiz jihatidan bir-birimizga yaqinmiz. Örtamizda mojaro kelib çiqiş ehtimoli deyarli yöq. Muammolarimizni diplomatiya yölida hal qilamiz. Örta koridor esa energiya resurslari va tovarlarni şarqdan ğarbga uzluksiz yetkazib beriş uçun juda qulay marşrut", — deydi Oğul Tuna.

Ammo hozirça koridorning yuk ötkaziş quvvati çeklangan. Bu marşrut orqali yiliga örtaça besh million tonnaga yaqin yuk taşiladi. Koridor hozir yiliga olti million tonnagacha yuk ötkaza oladi. Qozoğiston bu körsatkiçni ön million tonnaga yetkazmoqçi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti hisob-kitobiga köra, Örta koridorning yuk ötkaziş quvvati Rossiya orqali ötadigan Şimoliy koridor quvvatining besh foizidan oşmaydi.

Koridorning ahamiyati taşiladigan yuk hajmi bilangina belgilanmaydi. Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun bu bitta tranzit yöliga qaramlikni kamaytiradigan qöşimça marşrut. Ozarbayjon uçun esa Osiyo bilan Yevropa örtasidagi muhim transport tuguniga aylaniş imkoniyati.

Endi nima böladi?

Ekspertlar fikriça, siyosiy hamkor sifatida Bokuning yana bir ustunligi bor — uning Ğarbdagi ta’siri.

"Ozarbayjon Yevropa va AQŞda ança nufuzli lobbiga ega. Sönggi yillarda bu ta’sir kuçaydi va yaqqolroq sezila boşladi. Menimça, lobbiçilik Ozarbayjonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarga qöşadigan asosiy hissalaridan biri bölişi mumkin", — deydi Oğul Tuna.

Kelasi yili Boku Markaziy Osiyo yetakçilarining maslahat uçraşuviga ilk bor raislik qiladi. Ozarbayjon bir neça yil içida faxriy mehmondan mintaqaviy muloqotning asosiy iştirokçilaridan biriga aylandi.

Bu Bokuga öz ta’sirini kengaytiriş, Markaziy Osiyoga esa yangi marşrutlar oçiş, sarmoya jalb qiliş va siyosiy harakat imkoniyatlarini kengaytiriş imkonini beradi.

Abadiy döstlik haqidagi gaplar ortida köpinça aniq manfaatlar va unçalik şaffof bölmagan bitim-u kelişuvlar turadi. Ehtimol, endi asosiy savol şu: bu mamlakatlar bir-biriga yangi "katta oğa"ga aylanmay, hamkor böla oladimi?

​
XS
SM
MD
LG