NATO ittifoqi g‘arb o‘lkalaridan Ukrainaga harbiy yordamni muvofiqlashtirish vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Bu NATOga nisbatan skeptik kayfiyatda bo‘lgan AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampdan dastak mexanizmini himoyalashga qaratilgan qadam o‘laroq ko‘rilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.
Biroq diplomatlar, Tramp davrida AQSH o‘z dastagini qisqartirish orqali Ukrainaga hali ham jiddiy zarar berishi mumkinligini hisobga olgan holda, NATOga vakolatlar berilishi cheklangan samaraga ega bo‘lishi mumkinligini e’tirof etishmoqda. AQSH NATOning Kiyevga harbiy yordamning eng katta qismini yetkazib beruvchi ustun kuchi bo‘lib hisoblanadi.
Keyingi yilning 20-yanvaridan prezidentlik vakolatlarini qabul qilib oladigan Tramp Ukrainadagi urushni tez orada yakunlash istagini bildirgan.
NATOning Ukrainadagi yangi missiyasi shtabi (NSATU) Germaniyaning Visbaden shahrida joylashgan Clay Barracks AQSH bazasida joylashgan.
O‘tgan yillar ichida g‘arbdan Ukrainaga harbiy yordam yuklari yetkazilishini taqriban 50 ta mamlakatni o‘z ichiga olgan va AQSH yetakchilik qilgan Ramstein guruhi muvofiqlashtirib kelgan. Ramshtayn guruhi majlislari Germaniyadagi AQSH bazasida o‘tkazilgan.
Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish o‘tgan haftada Reuters agentligiga bergan intervyusida NATOning Vashingtondagi sammitidan keyin alyans Yasenkadagi chorraha uchun katta mas’uliyani o‘z zimmasiga olganini bildirgan. Polsha Ukrainaga xorijdan yordam berishda asosiy tranzit nuqtasi bo‘lib hisoblanadi.