Линклар

Шошилинч хабар
21 Sentabr 2026, Toshkent vaqti: 19:34

Novqat madrasasidagi mojaroda 14 yashar o‘smir nobud bo‘ldi

Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Novqat tumanida joylashgan madrasada 14 yashar o‘smir pichoq bilan yetkazilgan jarohat tufayli vafot etgan. Bu ma’lumotni Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga O‘sh viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati tasdiqlagan.

Huquq-tartibotchilar ma’lumotiga ko‘ra, 6-oktyabr kuni ro‘y bergan mojaro chog‘ida madrasada ta’lim olayotgan 16 yashar o‘smir 14 yashar o‘smirning bo‘yniga o‘tkir tig‘li predmet tiqib olgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga olib ketilayotgan paytda jon bergan.

Militsiya vakillari sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 122-moddasi (“Qotillik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ekspertizalar belgilanganini qo‘shimcha qilishgan.

O‘z navbatida, Qirg‘iziston Musulmonlar diniy boshqarmasi nobud bo‘lgan o‘smir madrasada o‘qimagani, u yerda vaqtincha bo‘lib turganini ma’lum qilgan.

Gumonlanuvchi va qurbonning yaqinlari sodir bo‘lgan voqea yuzasidan hali izoh berganlaricha yo‘q.

XS
SM
MD
LG