O‘zbekiston bilan Afg‘oniston chegarasida joylashgan “Ayritom” bojxona postida 9-fevral kuni tekshirilgan yuk mashinasi ichidan 612 kg gashish moddasi topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona xizmati ma’lumot tarqatdi.
Xabarnomada narkotik moddalar 13,5 tonna og‘irlikdagi yuk ichida bo‘lgan 2986 dona supurgi dastaklari orasidan topilgani aytilgan.
“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur giyohvandlik vositasining qora bozorlardagi narxi taxminan 16,5 mln AQSH dollaridan oshadi”, deya qayd etishgan bojxona qo‘mitasi xodimlari ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilayotganini qo‘shimcha qilishgan.