Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 21:51

O‘zbek tikuvchisi jahondagi nufuzli yuz ayol ro‘yxatiga kiritildi


BBCning "100 ayol" ro‘yxatiga kirgan Dilorom Yo‘ldosheva ("Matonat" filmidan skrinshot)
BBCning "100 ayol" ro‘yxatiga kirgan Dilorom Yo‘ldosheva ("Matonat" filmidan skrinshot)

O‘zbekistonlik tikuvchi va tadbirkor Dilorom Yo‘ldosheva 2024-yilda VVSning dunyodagi ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol ro‘yxatiga kiritildi.

VVS maxsus loyihasi mualliflariga ko‘ra, Yo‘ldosheva ikki yil avval yig‘im-terim mavsumida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tufayli ikki oyog‘idan ayrilgan.

Shunga qaramay, u umidsizlikka tushmagan. U yangi ish o‘rganish va o‘zbekistonlik yosh ayollarga pul topishda yordam berish maqsadida o‘zining tikuvchilik biznesini ochgan.

Tadbirkorlik asoslari bilan tanishgan denovlik Dilorom Yo‘ldosheva keyinroq 40 dan ziyod ayolni tikuvchilikka o‘rgatgan. Bir necha oydan keyin uning shirkati ancha o‘sgan, u ishchilar va maktab o‘quvchilari uchun kiyim-kechak tikish bo‘yicha shartnomalar tuzgan.

O‘shandan buyon uning biznesi faqat o‘zi uchungina emas, boshqa o‘nlab ayollar uchun ham daromad manbaiga aylangan”, deya qayd etishgan loyiha mualliflari.

VVS “100 ayol” loyihasining bu yilgi mavzusi “barqarorlik” bo‘lgan.

Ro‘yxatda Nobel tinchlik mukofoti laureati Nadya Murad, aktrisa Sheron Stoun, qo‘shiqchi Rey, rassom Treysi Emin, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash faoli Adenike Oladosu, yozuvchi Kristina Rivera Garsa va boshqa mashhur ismlarga duch kelish mumkin. Biroq unga prezidentning qizi Saida Mirziyoyeva yoki Senat raisi Tanzila Norboyeva doxil O‘zbekistonda nufuzli deb topilgan 40 nafar ayolning birontasi kiritilgan emas.

Dilorom Yo‘ldoshevadan avval VVS “100 ayol” ro‘yxatiga Qarshidagi 2-maktab-internati o‘qituvchisi Muhabbat Sharapova (2017-yil) kiritilgan edi.

XS
SM
MD
LG