Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:45

O‘zbekiston hududida ikki zilzila his etildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yilning 18-aprel oqshomi va 19-aprel tongida O‘zbekiston hududida ikki zilzila his etildi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumot tarqatdi.

Markaz qaydicha, birinchi zilzila payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da sodir bo‘lib, epimarkazi Qirg‘izistonda bo‘lgan 5,2 magnitudali bu zilzila ta’siri O‘zbekistonning Farg‘ona, Namangan, Andijon va Sirdaryo (2 balldan) viloyatlari hududida ham sezilgan.

Ikkinchi yer qimirlashi esa juma kuni soat 05:15 da bevosita Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yuz berib, 3 magnitudali bu zilzila epimarkazi janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha Toshkent shahridan 448 kilometr uzoqlikda bo‘lgan.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazi 18-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:42 da ham epimarkazi Afg‘onistonda bo‘lgan 3,9 magnitudali zilzila ro‘y bergani haqida ma’lum qilgan, biroq bu zilzilaning O‘zbekiston hududida ta’siri sezilib-sezilmaganiga aniqlik kiritgan emas.

XS
SM
MD
LG