Линклар

Шошилинч хабар
27 Iyun 2026, Тошкент вақти: 20:58

O‘zbekiston issiqxona gazi miqdorini 35 foizga kamaytirmoqchi

Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston 2030-yilgacha havoga isciqxona gazlari chiqarilishini 35 foizga kamaytiradi, 2050-yilga qadar esa ushbu majburiyatni yanada kengaytirishga tayyor, deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMT shafeligidagi Iqlim o‘zgarishi sammitida.

Mirziyoyev o‘z nutqida bugungi kunda asosiy global tahdidga aylangan iqlim o‘zgarishlari kambag‘allikka qarshi kurash, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, suv va resurslardan foydalanish muammolarini kuchaytirayotgani, bularning asoratlarini Markaziy Osiyo davlatlari ham o‘tkir his qilayotganini qayd etgan.

Iqlim muammolari aholimizning turmush sifatini oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini ro‘yobga chiqarishda yangi to‘siqqa aylanmoqda”, degan u.

O‘zbekiston prezidenti mamlakatda uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha keng miqyosdagi islohotlarni qat’iy davom ettirish, “yashil” energetika ulushini 40 foizgacha oshirishga ham va’da bergan.

Parij bitimi doirasidagi bosh maqsadimiz – mintaqada havo haroratining jadal o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik va joriy yuz yillikda 1,5-2 gradus atrofida saqlab qolishdir”, degan Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari xalqaro mashvaratda dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun BMTning innovatsion agrosanoat xabini tashkil etishni ham taklif qilgan.

XS
SM
MD
LG