Линклар

Шошилинч хабар
17 феврал 2025, Тошкент вақти: 09:12

O‘zbekiston va Afg‘oniston temiryo‘l bo‘yicha shartnomani uzaytirdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston va Afg‘oniston rasmiylari “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘lidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani uzaytirishga qaror qilishdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Vazirlik qaydicha, mazkur kelishuvga Afg‘oniston Jamoat ishlar vazirining temir yo‘l masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M. I. Sohibzoda boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil 21-23-yanvar kunlari O‘zbekistonga safari doirasida erishilgan.

Muzokaralarda O‘zbekiston delegatsiyasiga transport vaziri Ilhom Mahkamov yetakchilik qilgan.

Ikki mamlakat rasmiylari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “So‘g‘diyona trans” MCHJ “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘liga xizmat ko‘rsatuvchi operator maqomi saqlab qolinadi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” ning “So‘g‘diyona trans” sho‘ba korxonasi 2011-yil dekabrida “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘lini boshqarish va ta’mirlash maqsadida tashkil etilgan edi.

XS
SM
MD
LG