Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:26

O‘zbekiston va Rossiya prokurorlari tajriba almashadi


Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov (arxiv surati)
Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov (arxiv surati)

2025-yildan Rossiya va O‘zbekiston prokuratura tizimi xodimlarining o‘zaro tajriba almashuvi va malaka oshirishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov Toshkentda 20-noyabr kuni o‘zbekistonlik hamkasbi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan uchrashuvda gapirgan.

O‘zbekiston bosh prokurori taklifiga ko‘ra Toshkentga kelgan Krasnov “fuqarolar huquqlarini himoya qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha keyingi qo‘shma qarorlarni ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashadi”.

Mahalliy matbuotning yozishicha, Krasnov Yo‘ldoshev bilan uchrashuvda Rossiya O‘zbekistonning raqamlashtirish bo‘yicha tajribasidan foydalanish niyatida ekanini qayd etgan.

Rossiyalik mehmon MDH mamlakatlari bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini takomillashtirish kerakligini ham urg‘ulagan.

2024-yil aprel oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya va O‘zbekiston bosh prokurorlari idoralararo hamkorlik dasturini imzolagandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Yevropa Ittifoqi 2021-yil mart oyida “Navalniy ishi” doirasida Rossiya bosh prokurori Igor Krasnovga nisbatan sanksiya joriy qilgan.

XS
SM
MD
LG