Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 17:55

O‘zbekiston Xitoyning AES bo‘yicha tajribasini o‘rganmoqchi


Xitoydagi AESlardan biri (arxiv surati)
Xitoydagi AESlardan biri (arxiv surati)

O‘zbekiston Xitoy bilan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik qiladi.

Gazeta.uz nashri xabariga ko‘ra, 4-noyabr kuni Atom energiyasi agentligi direktori Azim Ahmadxo‘jayev Shanxaydagi EKSPO ko‘rgazmasi doirasida China National Nuclear Corporation Overseas shirkati bosh direktori Vei Fuki bilan uchrashgan.

Muzokara yakunida Xitoyning AES qurish tajribasini o‘zlashtirish, O‘zbekistonda Xitoyning kichik modulli reaktorlarini (KMR) qo‘llashni o‘rganish va potensial loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Pekin va Toshkent, shuningdek, uran rudasini qazib olish, qayta ishlash, shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish sohasidagi hamkorlik va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni eksport qilish hamda keyinchalik AESlarda yoqilg‘idan foydalanish masalalarini muhokama qilgan.

“O‘zatom”ga ko‘ra, Xitoy tomoni yadro texnologiyalarining barcha yo‘nalishlarida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston joriy yil iyun oyida “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan kichik quvvatli AES qurilishiga doir hujjatni imzolagan. 330 MVt quvvatga ega stansiya (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor) Jizzax viloyatida (Tuzkon ko‘li) barpo etiladi.

Rasmiy Toshkent Rossiya shirkati bosh pudratchiligidagi KQAES qurilishida xorijiy kompaniyalarni ham jalb etish rejasini ma’lum qilgan.

“O‘zatom” delegatsiyasi rahbariyati joriy yil avgust oyida loyihada ishtirok etish istagini bildirgan, ya’ni turbina uskunalari, generatorlar va quruq gradirnyalar (AES uskunalarini sovituvchi qurilma) yetkazib berishni rejalashtirgan Xitoy kompaniyalari vakillari bilan uchrashgandi.

XS
SM
MD
LG