Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2024, Тошкент вақти: 19:58

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining sun’iy yo‘ldosh tarmog‘iga ulanadi


Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen
Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning eng chekka hududlariga qadar zamonaviy raqamli aloqani yetkazib berish uchun mamlakatni sun’iy yo‘ldosh tarmog‘iga ulash ustida ishlamoqda. Bu haqda Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Toshkentda 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari” biznes-forumi qatnashchilariga yo‘llagan videomurojaatida gapirgan.

Gazeta.uz nashri qaydicha, Ursula fon der Lyayen so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yevropa “misli ko‘rilmagan darajada bir-biriga yaqinlashgani”ni urg‘ulagan.

Siz nafaqat Osiyoda, balki global savdo yo‘nalishlari va investitsiya oqimlarida ham o‘z markaziy o‘rningizni qaytarmoqchisiz. Yevropa esa O‘zbekistonning ming yillik tarixidagi ushbu yangi bobda sizning hamkoringiz bo‘lishni istaydi”, degan Yevrokomissiya rahbari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa 2021-yildan o‘zbek mahsulotlari uchun o‘z bozorini ochgach, to‘qimachilik va metallurgiya mahsulotlari eksporti jadal sur’atda o‘sgan.

Ursula fon der Lyayen YI “Global darvoza” dasturi orqali O‘zbekistonni dunyo bilan yanada mustahkam bog‘lanish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlayotgani, xususan, Yevropadan Sharqiy Osiyoga eng qisqa va xavfsiz yo‘nalish bo‘lgan Transkaspiy yo‘lagiga 10 milliard yevrogacha investitsiya kiritayotganini aytgan. Ushbu yo‘lak Yevropa va Markaziy Osiyoni 15 kundan kamroq vaqt ichida bog‘lashga imkon beradi.

2024-yilning aprel oyida muhim minerallarni yetkazib berish zanjiri to‘g‘risida bitim imzoladik. Ba’zi investorlar faqat xomashyo qazib olishdan manfaatdor ekanini bilamiz, lekin biz unday emasmiz. Biz eng yuqori standartlar asosida mahalliy aholi uchun ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymatga ega mahalliy ishlab chiqarishni yaratishni qo‘llab-quvvatlamoqchimiz”, degan yevropalik yuqori lavozimli mulozima.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil iyul oyida Ursula fon der Lyayenga Yevropa komissiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktubida O‘zbekiston YI bilan munosabatlarda mutlaqo yangi sahifa ochadigan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tez orada imzolash tarafdori ekanini ma’lum qilgandi.

XS
SM
MD
LG