Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 11:28

O‘zbekistonda bukmekerlik va qimor o‘yinlari qonuniylashtirildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirishga doir tuzatishlar qabul qilindi.

Prezidentning “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni onlayn o‘tkazishga hamda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilgan.

Parlament qabul qilgan qonun hujjati ham prezidentning ushbu farmoni ijrosi uchun ishlab chiqilgan.

Qonunda sohani tartibga solish uchun qimor o‘yinlari, lotereyalar va stavkalarni tashkil etish uchun litsenziya berish tartibi, ushbu o‘yinlarda ishtirok etishi taqiqlangan fuqarolarning toifalarini belgilash, o‘yinlarga qaram bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini yuritish ham nazarda tutilgan.

Deputatlar fikricha, ushbu qonunning qabul qilinishi kapital va sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish, tavakkalchilikka asoslangan lotereya va o‘yinlarni tartibga solishga xizmat qiladi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu o‘zgarish ortidan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar, jumladan, qimor faoliyati yanada keng yoyilishi borasida xavotirlar ham tarqalmoqda.

Endilikda mamlakatda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni maxsus litsenziya olgan yuridik shaxslar tashkil etishi mumkin. Lotereya, internet tarmog‘idagi o‘yinlar va bukmekerlik garovlarida faqat 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston rezidenti va norezidentlari qatnashishga haqli.

Ozodlik avvalroq bukmekerlikka ruxsat berilishi o‘zbek sportiga qay tariqa ta’sir etishi masalasini o‘rgangan edi.

XS
SM
MD
LG