Линклар

Шошилинч хабар
17 феврал 2025, Тошкент вақти: 09:46

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi yana oshiriladi


“Afrosiyob” elektropoyezdi (illyustrativ surat)
“Afrosiyob” elektropoyezdi (illyustrativ surat)

Joriy yilning 1-fevralidan e’tiboran O‘zbekistonda temiryo‘l chiptalari narxi oshiriladi. Bu haqda ma’lum qilgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati narx qimmatlashini temiryo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash kabi maqsadlar bilan izohlagan.

Yangi tarifga muvofiq, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarining VIP, biznes toifadagi chipta narxlari 25 foizga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poezdlarning chipta narxlari esa 30 foizga oshirilmoqda.

“Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘lkirasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Toshkent–Buxoro:

• VIP – 994 000 so‘m;

• biznes – 751 000 so‘m;

• ekonom– 484 000 so‘m;

Toshkent—Qarshi:

• VIP – 854 000 so‘m;

• biznes – 634 000 so‘m;

• ekonom – 406 000 so‘m.

Toshkent–Samarqand:

• VIP – 619 000 so‘m;

• biznes – 450 000 so‘m;

• ekonom – 294 000 so‘m.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 2024-yil 20-yanvaridan “Afrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxini 20 foizga ko‘targan edi.

2024-yil 15-mayidan esa “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chipta narxi 20-40 foiz miqdorida oshirilgandi.

Ozodlik avval xabar qilganidek, Oliy Majlis Senatida temiryo‘l chiptalari qimmatlab ketgani holda xizmat sifati yaxshilanmagani tanqid qilingan. Yuqori palata chipta narxi xolislik, halollik mezonlari asosida belgilanganini savol ostiga olgan.

XS
SM
MD
LG