Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2025, Тошкент вақти: 01:25

O‘zgidromet rahbari: Hafta oxirigacha 9 viloyatda sel xavfi mavjud


Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi sel oqibatlari (arxiv surati)
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi sel oqibatlari (arxiv surati)

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 25-28-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yog‘in-sochin to‘qqizta viloyat hududida sel-suv toshqini hodisalarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi rahbari Sherzod Habibullayev Facebook tarmog‘idagi o‘z sahifasi orqali ma’lum qildi.

Mulozimga ko‘ra, sel hodisalari, jumladan Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida, Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida, Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlarida, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida, Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida, Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahrida kuzatilishi ehtimoli bor.

Xabarnomada tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholidan hamda bu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan toshqin ehtimoliga qarshi ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Avvalroq O‘zbekistonning bir necha viloyatida sel-toshqin hodisalari kuzatilgani xabar qilingan. Shuningdek, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda yog‘in-sochin va qor erishi natijasida sel va toshqinlar ro‘y bergani ma’lum. Bu mamlakatlar ichida toshqin tufayli eng ko‘p talafot Qozog‘istonda berilgan.

XS
SM
MD
LG