Линклар

Шошилинч хабар
01 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:24

Oliy sud: 31 ming o‘zbekistonlik tuhmat va haqorat uchun sudlandi


O‘zbekistonda 2024-yilning 10 oyi davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik – tuhmat qilishda ayblanib 2423 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan.

MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik – haqorat qilishda ayblanib ma’muriy javobgarlikka tortilganlar soni esa 27928 nafarni tashkil etadi.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma’lum qilishicha, ularning barchasiga nisbatan jarima jazosi qo‘llangan.

Shuningdek, joriy yilning 10 oyi mobaynida 572 nafar shaxs O‘zbekiston Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan tuhmat va haqorat huquqbuzarliklari uchun sudlangan.

Jumladan, JKning 139-moddasi (tuhmat) bilan 121 nafar shaxs sudlangan bo‘lsa, ularning 11 nafariga jarima, 14 nafariga axloq tuzatish ishlari hamda 92 nafariga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. 4 kishi shartli jazoga hukm qilingan.

JKning 140-moddasiga (haqorat qilish) asosan sudlangan 451 nafar shaxsga esa jarima (92), axloq tuzatish ishlari (242), majburiy jamoat ishlari (4), ozodlikni cheklash (110) va shartli (3) jazo qo‘llangan.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ham, Jinoyat kodeksida ham tuhmat va haqorat uchun jazo belgilangan. Agar bu turdagi huquqbuzarliklar ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etilsa yoki internet tarmog‘ida amalga oshirilsa, bu jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mahalliy blogerlarga nisbatan ham tuhmat va haqoratga doir ayblovlar ilgari surilgan keyslar mavjud.

XS
SM
MD
LG