Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 11:13

OOK: Toshkent 2025-yildagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilmaydi


O‘zbekistonlik sport muzoisi (illustrativ surat)
O‘zbekistonlik sport muzoisi (illustrativ surat)

2025-yildagi yoshlar Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda emas, Bahraynda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Qayd etilishicha, OOK ijroiya kengashining 2-dekabrdagi majlisida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishi ko‘zlangan muddatda yakunlanmagani uchun o‘zbek rasmiylari 2025-yil sentyabriga rejalangan Osiyo o‘yinlarini o‘tkaza olmasliklari haqida xat yo‘llagani ma’lum bo‘lgan.

OOK bosh direktori Husayn al-Musallam 2025-yildagi yoshlar Osiyo o‘yinlari 2026-yilda Dakarda o‘tkaziladigan yoshlar Olimpiya o‘yinlari bilan bog‘liq ekani, shuning uchun ham keyingi yildagi o‘yinlarni ortga surib bo‘lmasligini bildirgan.

Bu orada Bahrayn Olimpiya qo‘mitasi 2025-yilgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorligini bildirgan va shu tariqa mazkur sport tadbiri Bahraynda o‘tkaziladigan bo‘lgan.

Ayni paytda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan bu borada tarqatilgan xabarnomada “pandemiyadan keyingi cheklovlar sababli Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar yetkazish jarayonida uzilishlar kuzatilgani va foydalanishga topshirish muddati kechikishini inobatga olgan holda O‘zbekiston tomoni OOKdan musobaqani yana bir yilga surishni so‘ragani”, biroq “Olimpiya sport turlaridagi bellashuvlar kelgusida Dakar-2026 o‘smirlar yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash vazifasini bajarishi nazarda tutilgani bois OOK III yoshlar Osiyo o‘yinlari 2025-yilda tashkil etilishi muhimligini bildirgani” urg‘ulangan.

Shu tufayli OOK III yoshlar Osiyo o‘yinlari mezbonligini Bahraynga topshirdi va O‘zbekistonga Islom birdamligi o‘yinlari yoki Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari kabi kattalar miqyosidagi yirik kompleks tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qildi”, deyilgan MOK xabarnomasida.

XS
SM
MD
LG