Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 17:38

Ozarbayjon rossiyaliklar uchun migratsiya tartibini kuchaytirdi


Ozarbayjon rasmiylari rossiyaliklar va Rossiyada doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun migratsiya tartibini kuchaytirishdi. Ularning mamlakatda vizasiz bo‘lishi mumkin maksimal muddat belgilandi. Yangi cheklovga muvofiq, rossiyaliklar endilikda Ozarbayjonda yiliga faqat 90 kun yashashlari mumkin. Bunga oid hukumat qarori 29-dekabr kuni e’lon qilindi.

Yangi tartib 2025-yildan amalda bo‘ladi. Avvalroq Ozarbayjon TIV Boku Rossiyada xorijliklarning vizasiz yurishi muddati cheklanishiga javoban xuddi shu kabi choralar qo‘llashini bildirgan. Rossiyada ham xorijliklarning mamlakatda yurish muddati 90 kun etib belgilangan edi.

Hozirda Ozarbayjondagi Rossiya fuqarolari mamlakatga kirib kelganidan so‘ng vizasiz 90 kun yurishlari mumkin. Agar fuqaro chegaraga borib qaytsa, yana 90 kun qolishi mumkin edi. Bunday tartib yanvar oyidan ishlamaydi.

Migratsiya tartibining kuchaytirilishi 25-dekabr kuni Boku – Grozniy yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilgan Azerbaijan Airlines aviashirkati uchog‘i Qozog‘istonda qulab tushgani manzarasida sodir bo‘ldi. Uchoq bortida ekipajning besh a’zosi doxil 67 kishi bo‘lgan, ulardan 38 nafari halok bo‘lishgan. Taxminlarga ko‘ra, uchoq Checheniston hududida Ukraina dronlariga zarba berayotgan Rossiya havodan mudofaa tizimi o‘qiga nishon bo‘lgan.

Joriy yilning 29-dekabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘istonda qulagan uchoq Rossiya hududidan turib “yerdan o‘qqa tutilishi natijasida” shikast olgani haqida bayonot bergan.

Aliyevga ko‘ra, 27-dekabr kuni Ozarbayjon aviahalokat ortidan Rossiya tomoniga uchta talab qo‘ygan, bular uzr so‘rash, aybni tan olish hamda aybdorlarni jazolab, Ozarbayjon davlati va jabrlanganlarning barchasiga tovon to‘lashdan iborat. Bu talablarning birinchisi, Aliyevning aytishicha, shanba kuni bajarilgan.

XS
SM
MD
LG