Линклар

Шошилинч хабар
13 май 2025, Тошкент вақти: 11:30

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kuvaytga yo‘l oldi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (arxiv surati)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (arxiv surati)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-fevral kuni rasmiy tashrif bilan Kuvaytga jo‘nab ketgan. Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif Kuvayt davlati amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Tashrif dasturiga muvofiq, Al-Kuvayt shahrida oliy darajadagi muzokaralar, bir qator ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari bo‘lib o‘tadi”, deyilgan xabarnomada.

O‘zbekiston prezidenti 17-18-fevral kunlari Kuvaytga safar qilishi haqida avvalroq xabar qilingan edi.

Prezident matbuot xizmati qaydicha, Mirziyoyevning Kuvayt davlati amiri bilan bo‘lajak sammiti kun tartibidan O‘zbekiston-Kuvayt do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, savdo, innovatsiyalar, investitsiya va moliya, "yashil" energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar yakunida qator qo‘shma hujjatlar va bitimlar qabul qilinishi kutilyapti.

XS
SM
MD
LG