Линклар

Шошилинч хабар
04 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:33

Putinga yaqin siyosatshunos yana yadro qurolidan foydalanishga chaqirdi


Sergey Karaganov
Sergey Karaganov

Kremlga yaqin ko‘rilgan siyosatshunos Sergey Karaganov Rossiya rasmiylarini yana yadroviy quroldan foydalanishga chaqirdi.

“Tiyib turishdan qo‘rqitishga qadar: yadroviy qurol, geosiyosat, koalitsion strategiya” deb nomlangan o‘z kitobi taqdimotida Karaganov Rossiyada yadroviy bombalarning borligini “Parvardigorning aralashuvi” deb atagan.

Biz Xudoning g‘azabini qo‘zg‘atmasligimiz va bizga o‘zimizni qutqarish uchun berilgan quroldan aktiv foydalanishimiz lozim”, degan siyosatshunos yadroviy zarbalar berishdan bosh tortish “sovet va Rossiya xalqi oldida gunoh bo‘lib hisoblanishi”ni qo‘shimcha qilgan.

Karaganov avval ham Rossiya rasmiylarini yadroviy zarbalar berishga (xususan, Yevropaga) chaqirgan edi.

Ayni paytda, surishtiruv jurnalistikasi bilan shug‘ullanuvchi OAV ma’lumotiga ko‘ra, siyosatshunosning Germaniya va Italiyada ko‘chmas mulki bo‘lib, o‘ziga qarshi sanksiyalar kiritilganiga qaramay, u bu mulklardan muntazam ravishda daromad olib kelmoqda.

Sergey Karaganov Rossiya Tashqi va mudofaa siyosati kengashi rayosatining faxriy raisi bo‘lib hisoblanadi. Bu kengash Valday klubi ta’sischilaridan biri bo‘lib hisoblanadi va mazkur klub yig‘ilishlarida Vladimir Putin ham bir necha bor chiqish qilgan.

OAV Karaganovni “Rossiya prezidentiga yaqin siyosatshunos” va salkam uning maslahatchisi deb ataydi.

XS
SM
MD
LG