Линклар

Шошилинч хабар
19 январ 2025, Тошкент вақти: 08:33

“Qamchiq” dovonida ikki kishi halok bo‘ldi


Qamchiq dovoni (illyustrativ surat)
Qamchiq dovoni (illyustrativ surat)

Farg‘ona vodiysini Toshkent viloyati bilan bog‘lovchi “Qamchiq” dovonida fojia ro‘y berdi.

Xabar.uz nashri xabariga ko‘ra, voqea 8-yanvar kuni A-373 – “Toshkent–Andijon–O‘sh” avtomobil yo‘lining 141-kilometrida maxsus texnika harakatlanishi uchun mo‘ljallangan zaxira hududida sodir bo‘lgan.

Sakkiz kishidan iborat guruh chang‘i uchish uchun toqqa chiqishgan. Ulardan biri taqiqlangan hududda selfi olishga uringanida qoqilib, qor uyumiga tushib ketgan. Uni qutqarmoqchi bo‘lgan sherigi ham qor ostida qolgan. Natijada ular (1993-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan ikki erkak) halok bo‘lgan.

FVV qutqaruvchilari chaqiruvga ko‘ra hodisa joyiga yetib borgan va jasadlarni olib chiqishgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. O‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

O‘zgidromet qish mavsumida “Toshkent–Andijon–O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor ko‘chkisi bo‘lishidan ogohlantirib keladi.

Dovonda insoniy talafotlarga sabab bo‘luvchi avtohalokatlar ham tez-tez ro‘y berib turadi.

XS
SM
MD
LG