Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2025, Тошкент вақти: 03:57

Qamoqdagi “Salimboy” Qirg‘izistonda qidiruvga berildi


Salim Abduvaliyev shu yil martida Mirobod tumani sudi hukmi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi
Salim Abduvaliyev shu yil martida Mirobod tumani sudi hukmi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi 5-avgust kuni o‘zbekistonlik taniqli tadbirkor Salim Abduvaliyevga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qildi.

Qo‘mita bayonotida Bishkek shahar Oktyabr tumani sudi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida Abduvaliyevning ushlangan zahoti qamoqqa olinishi ta’kidlangan.

“Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Qirg‘izboyevich Abduvaliyev Qirg‘izistonda uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatini moliyalashtirganlikda gumonlanadi”, deyilgan MXDQ matbuot xizmati xabarnomasida.

MXDQ ma’lumotiga ko‘ra, “Birodarlik xalqasi” xalqaro uyushgan jinoiy guruhi tarkibiga kiruvchi qirg‘izistonlik Qamchi Ko‘lboyev faoliyatida ham jinoiy guruh faoliyatini moliyalash faktlari aniqlangan.

Salim Abduvaliyev Qamchi Ko‘lboyev bilan aloqalar o‘rnatgan va tizimli moddiy yordam ko‘rsatib kelgan. Uning Qirg‘iziston, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi boshqa nufuzli kriminal avtoritetlar qatorida jinoyat olamining yetakchisiga aylanishiga yordam bergan va hissa qo‘shgan”, deyilgan qo‘mita bayonotida.

Qayd etilishicha, Ko‘lboyevning doimiy ravishda Salim Abduvaliyev tomonidan o‘tkazilgan tadbirlardagi ishtiroki ham ularning aloqalari mustahkam bo‘lganini ifodalaydi.

Salim Abduvaliyev joriy yilning 19-martida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining yopiq majlisi hukmi bilan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 248-moddasida (O‘qotar qurollarni qonunga xilof ravishda saqlash) ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, Salim Abduvaliyev sud hukmi ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqidan foydalanmagan. Uning hozirda Davlat xavfsizligi xizmati tergov hisbxonasida saqlanayotgani aytiladi.

Qonunchilikka zid bunday amaliyotdan ko‘zlangan maqsad ma’lum emas. Aslida u Jinoyat protsessual kodeksi talablariga ko‘ra, bu vaqt ichida jazoni ijro etish koloniyasiga etap qilinishi lozim edi”, dedi o‘zbekistonlik manba “Ozodlik” bilan suhbatda.

XS
SM
MD
LG