O‘zbekistonning Qanot Sharq aviashirkati 20-yanvardan 6-martgacha bo‘lgan muddatda A320 samolyotlarida amalga oshiriladigan qator reyslarni bekor qilmoqda.
Kompaniya matbuot xizmati qatnovlar bekor qilinishiga C-check, ya’ni texnik ko‘rik va tekshiruvni sabab sifatida ko‘rsatgan.
Kompaniya yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan va chiptalarni qaytarish yoki almashtirish masalasida qo‘llab-quvvatlash guruhiga murojaat qilishni tavsiya etgan.
Bekor qilingan parvozlar ro‘yxatida ichki yo‘nalishlar, shuningdek, Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg shaharlariga reyslarni ko‘rish mumkin.
Qanot Sharq reyslari bekor bo‘lishi Qozog‘istonda Azerbaijan Airlines shirkatiga tegishli Embraer yo‘lovchi uchog‘i halokatga uchragani Ozarbayjon, BAA, Isroil va Qozog‘iston aviakompaniyalari ma’lum muddatga Rossiyaga parvozlarni to‘xtatgan davrga to‘g‘ri kelmoqda.
Qanot Sharq xususiy aviashirkati avval ham o‘z parvozlarini “texnik sabablarga ko‘ra” bekor qilgani ma’lum.