Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 00:21

Qirg‘izistonda xorijlik talabalar tunda sayr etmaslikka chaqirildi


Qirg‘izistonda ta’lim olayotgan xorijlik talabalar (illyustrativ surat)
Qirg‘izistonda ta’lim olayotgan xorijlik talabalar (illyustrativ surat)

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tezkor xodimlari Bishkekdagi tibbiyot institutlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Ozodlik qirg‘iz xizmatining IIV ma’lumotiga tayangan holda xabar qilishicha, ma’ruza chog‘ida militsiya xodimlari mahalliy qonunchilikning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirganlar, mamlakatda yurish tartib-qoidalari, huquqbuzarlik uchun javobgarlik mavjudligi haqida so‘zlaganlar hamda uchrashuv ishtirokchilariga jamoat joylarida yurish-turish qoidalariga rioya qilishni tavsiya qilganlar.

Qayd etilishicha, xorijlik fuqarolarga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyati tunda ro‘y beradi.

“Ko‘plab xorijliklar tunga yaqin shaharda sayr qilib yurishni ma’qul ko‘rishadi, shundan kelib chiqqan holda militsiya xodimlari talabalarni tunda sayr qilmaslikka chaqirishdi”, deyilgan IIV xabarnomasida.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati mamlakat hududida xorijliklarga hujum qilganlik va ularning mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun jazo choralarini kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan edi.

So‘nggi yillarda Qirg‘izistonda Hindiston, Pokiston va Bangladeshdan kelgan mehnat migrantlari soni oshgan. Ularning aksariyati xizmat ko‘rsatish sohasi va tikuv sexlarida ishlaydi.

Hukumat 2024-yili Qirg‘iizstonda ishlaydigan xorijlik uchun 25 ming kishilik kvotani tasdiqlagan. Vazirlar Mahkamasi vakillari bu kvota ishchi kuchi yetishmagani tufayli tadbirkorlar iltimosiga ko‘ra ko‘paytirilganini bildirishgan.

Bundan tashqari, Qirg‘izistondagi oliy ta’lim maskanlarida 70 mingdan ziyod xorijlik talaba tahsil olib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG