Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 01:08

Raqobat qo‘mitasi: Dori-darmon narxlarining asossiz oshirilishi bo‘yicha qariyb 50 mingta holat aniqlandi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi dori-darmon savdosi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazganida O‘zbekiston bo‘ylab 473 ta dorixonada huquqbuzarlik holatlarini qayd etgan.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, o‘rganishlar natijasida 49 ming 455 ta holatda 5,4 milliard so‘mga yaqin asossiz daromad olinganligi aniqlangan.

Xabarnomada tekshiruv ortidan iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob o‘tkazilib, ularning huquqlarini tiklash choralari ko‘rilgani bildirilgan.

Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, dori-darmon vositalari narxlarining asossiz oshirilishi bo‘yicha holatlar Toshkent viloyatida 111 ta dorixonada, Toshkent shahrida 71 ta dorixonada, Jizzax viloyatida 62 ta dorixonada, Namangan viloyatida 44 ta dorixonada, Navoiy viloyatida 32 ta dorixonada, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 30 ta dorixonada, Sirdaryo viloyatida 24 ta dorixonada, Farg‘ona viloyatida 23 ta dorixonada, Andijon viloyatida 20 ta dorixonada, Buxoro viloyatida 17 ta dorixonada, Qashqadaryo viloyatida 18 ta dorixonada, Samarqand viloyatida 9 ta dorixonada, Surxondaryo viloyatida 7 ta dorixonada, Xorazm viloyatida 5 ta dorixonada kuzatilgan.

XS
SM
MD
LG