Livanning “Hizbulloh” radikal guruhi 9-oktyabr kuni o‘z otryadlari chegara yaqinida va Isroil bayrog‘i tikilayotgan qishloqda isroillik harbiylar hujumini daf qilganini bildirdi.
Jang Isroil-Livan chegarasi bo‘ylab tog‘li hududlarga yoyilgan, deya xabar qildi Reuters agentligi.
AQSH prezidenti Jo Bayden telefon orqali Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan Isroil armiyasi rejasini muhokama qilgan. Oq uy va Netanyahu ofisi bo‘lib o‘tgan telefon suhbati to‘g‘risida bir vaqtning o‘zida ma’lumot berishgan, biroq muloqot tafsilotlariga to‘xtalishmagan.
Reuters agentligi mudofaa vaziri Yoav Gallantning Isroil OAVda yoyinlangan bayonotidan iqtibos keltirgan:
“Javobimiz halokatli, aniq va eng avvalo, kutilmagan bo‘ladi. Ular nima va qanday sodir bo‘lganini anglashga ulgurolmay qolishadi, biroq natijani ko‘rishadi”, degan Isroil mudofaa vaziri.
Yaqin Sharq Eron qo‘mondonligi bir necha kun avval Isroilga bergan raketa zarbalariga Isroil tomonidan berilajak javobni kutmoqda, deb yozgan Reuters.