Линклар

Шошилинч хабар
20 май 2025, Тошкент вақти: 21:06

Rim papasi ikki tomonlama pnevmoniyaga chalindi


Rim papasi Fransisk
Rim papasi Fransisk

Vatikan 88 yoshli Rim papasi Fransiskning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida ma’lumot tarqatdi - unga ikki tomonlama o‘pka shamollashi tashxisi qo‘yilgan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, 18-fevral kuni papa Fransisk kompyuter tomografiyasidan o‘tgan va unda pnevmoniya boshlanayotgani aniqlangan. Yangi tashxis qo‘shimcha medikamentoz muolajani talab qilgan, deya qayd etishgan Rim papasi matbuot xizmati vakillari.

O‘tgan haftada (14-fevral kuni) Rim-katolik cherkovi rahbari Rimdagi Jemelli klinikasiga yotqizilgan edi. Pirovardida uning nafas yo‘llari polimikrob infeksiyasiga chalingani ma’lum bo‘lib, u kasalxonada yana “noma’lum muddatgacha” qolishi aytilgandi.

18-fevral kuni papaning atrofidagilar, xastaligiga qaramay, Fransiskning “kayfiyati yaxshi bo‘lib qolayotgani”ni bildirishgan.

Asl ismi Xorxe Mario Bergolo bo‘lgan Rim papasi Fransisk 2013-yilda Katolik cherkovi rahbari etib saylangandi. 88 yoshli Fransisk Katolik cherkovi tarixidagi eng yoshi katta papalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bolaligida bo‘lajak papa o‘pkasining bir qismini olib tashlangan, shuning uchun u respiratorli xastaliklarini ayniqsa og‘ir kechiradi.

XS
SM
MD
LG