Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:41

Roskomnadzor “Chegarasiz muxbirlar” saytini bloklab qo‘ydi


Rossiyada “Chegarasiz muxbirlar” xalqaro tashkiloti sayti yopib qo‘yilgan. Bu haqda Rossiya internet segmentidagi senzura holatlarini kuzatib boruvchi “Roskomsvoboda” loyihasi ma’lumot tarqatdi.

Saytning nima sababdan yopib qo‘yilganiga aniqlik kiritilgan emas. Aytilishicha, blokirovka nomi ko‘rsatilmagan “davlat organi” talabiga ko‘ra amalga oshirilmoqda. Odatda, bu kabi blokirovka Rossiya Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan amalga oshiriladi.

“Chegarasiz muxbirlar” dunyo bo‘ylab so‘z erkinligi va jurnalistlar himoyasi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro nodavlat tashkiloti bo‘lib hisoblanadi. Boshqa ishlar bilan bir qatorda, tashkilot bir necha yilda bir marta “matbuot erkinligi dushmanlari” reytingini e’lon qilib keladi. Mazkur hisobotda, mualliflar fikricha, o‘z mamlakatlarida mustaqil ommaviy axborot vositalariga tazyiq o‘tkazayotgan siyosatchilar nomlari keltiriladi. So‘nggi yillarda bu reytingga Rossiyadan mamlakat prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov kiritilgan.

“Roskomsvoboda” ma’lumotiga ko‘ra, “Chegarasiz muxbirlar” saytidan tashqari yana o‘sha “nomi keltirilmagan davlat idorasi” talabi bilan ukrainalik tadbirkor Viktor Pinchuk jamg‘armasi, “OSINT-pcheli” loyihasi (u ochiq manbalarga tayangan holda Ukrainada jang qilayotgan rossiyalik harbiylarni aniqlashga yordam beradi – tahr.) saytlari, Ukraina Qurolli kuchlariga asir tushishni istagan rossiyalik askarlar uchun ochilgan “Xochu jit” loyihasining navbatdagi domeni hamda Polshaning Legion Polski saytidagi rossiyaliklarga murojaat havolasi blokirovka qilingan.

Rossiya qo‘shinlarining 2022-yil fevralida boshlagan Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan keyin Rossiyada yirik ijtimoiy tarmoqlar va ko‘plab mustaqil nashrlarning saytlari doxil yuz minglab internet-resurs blokirovka qilingan.

XS
SM
MD
LG