Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 22:52

Rossiya agentliklari: Moskva Bashar Asadga boshpana berdi


Bashar Asad Vladimir Putin bilan (arxiv surati)
Bashar Asad Vladimir Putin bilan (arxiv surati)

Rossiyaning TASS va “Interfaks” agentliklari manbalari Suriyaning qulatilgan prezidenti Bashar Asad oilasi bilan Moskvaga kelgani, Rossiya rasmiylari “insonparvarlik nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda” ularga boshpana berganini iddao qilishmoqda. Bunga oid boshqa tafsilotlar keltirilgan emas.

TASS xabarida Bashar Asad “sobiq” prezident deb atalgan, vaholanki, hali u vakolatlarini topshirganini rasman e’lon qilgani yo‘q.

Agentliklar manbasi Suriya muxolifati liderlari Rossiyaga tegishli harbiy bazalar va diplomatik muassasalari xavfsizligini kafolatlashganini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Rossiya TIV Asad Suriya prezidenti lavozimidan ketib, mamlakatni tark etgani, mamlakatdan ketar ekan, “hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishni buyurgan”i haqida ma’lum qilgan edi.

Sakkizinchi dekabr tongida isyonchilar Damashqqa kirishib, Suriya poytaxti ozod etilganini e’lon qilishgan. Ayni paytda kun bo‘yi taxtdan qulatilgan Bashar Asad va uning yaqinlari qayerda ekani aytilgan emas. Ular mamlakatdan Il-76 yuk uchog‘ida uchib ketishganiga oid taxminlar aytilgandi. Bu orada ayrim nashrlarda mazkur uchoq go‘yo qulaganiga oid xabarlar ham paydo bo‘lgan.

Asadning aynan qay yo‘l bilan Moskvaga kelib qolgani hozircha noma’lum. U Asad oilasi Moskvada ekani e’lon qilinishidan bir necha soat oldin Rossiyaning Xmeymim havo bazasidan parvoz qilgan Il-76 uchog‘idan foydalangan bo‘lishi mumkin.

XS
SM
MD
LG