Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 23:06

Rossiya: Migrant bolalari ta’limiga oid qonun loyihasi dumaga kiritildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiya Davlat dumasiga xorijlik fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar farzandlarining Rossiya maktablariga qabul qilinishiga oid qonun loyihasi kiritildi. Unda migrantlarning farzandlari maktabga kirishda rus tilini “ta’lim olish uchun yetarli darajada bilishi”ni aniqlash maqsadida test topshirishlari shartligi belgilab qo‘yilgan. Mazkur testdan o‘tolmagan bolalar maktabga olinmaydi.

Qonun loyihasida test jarayoni bepul bo‘lishi, uni o‘tkazish va baholash mezonlari esa esa Ta’lim vazirligi va “Rosobrnadzor” tashkiloti tomonidan alohida belgilanishi qayd etilgan.

Rejaga muvofiq, loyiha 10-dekabr kuni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladi. Hujjat batamom qabul qilingan taqdirda, maktablarga qabulning yangi tartibi 2025-yil 1-aprelidan kuchga kiradi.

Avvalroq prezident Putin “an’anaviy qadriyatlar”ni ma’qul ko‘rgan xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Rossiyaga ko‘chib kelishini osonlashtirishga oid farmonni imzolagan edi. Farmonda bu shaxslarga “istisnoviy holatlarda” rus tilini bilishini tasdiqlovchi hujjatsiz ham vaqtincha yashash uchun izn berilishi belgilangan.

Bundan tashqari, Kreml vakillari avvalroq Rossiya “demografik vaziyatning tarangligi manzarasida sur’at bilan rivojlanish uchun” mehnat migrantlari oqimiga muhtoj ekanini bildirgan edilar.

XS
SM
MD
LG