Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2025, Тошкент вақти: 06:58

Rossiya: Navalniyni xotirlash tadbirlarida kamida 26 kishi ushlandi


Moskvaning Borisov qabristonidagi Navalniy qabri
Moskvaning Borisov qabristonidagi Navalniy qabri

Aleksey Navalniy xotirasiga o‘tkazilgan tadbirlarda Rossiyaning 12 ta shahrida kamida 26 kishi qo‘lga olingan. Bu haqda “OVD-Info” huquqbonlik loyihasi ma’lumot tarqatdi.

Eng ko‘p odam Novosibirskda (10 kishi) ushlangan. Moskva va Ufada politsiyachilar uch kishini, Voronejda esa ikki kishini qo‘lga olishgan. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari ushlangani haqida Belgorod, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod, Perm, Sankt-Peterburg, Uxta, Ulyanovsk va Chelyabinskdan xabarlar kelib tushgan.

Huquq faollari qaydicha, qo‘lga olinganlarning ko‘pchiligi tez orada bayonnoma tuzilmasdan qo‘yib yuborilgan.

Bundan tashqari, formali va formasiz politsiya xodimlari xotira tadbirlari ishtirokchilarini videoga olishib, qator shaharlarda gullar qo‘yilgan yodgorliklarni buzib tashlashgan.“OVD-Info” ma’lumotiga ko‘ra, ayrim hududlarda haykallarga olib boruvchi yo‘llar yopib qo‘yilgan.

XS
SM
MD
LG