Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 18:28

Rossiya Ukrainaga birdaniga 630 nafar asir almashishni taklif qildi


Yanvar oyidagi asir almashinuvi doirasida vataniga qaytgan ukrainalik harbiylar
Yanvar oyidagi asir almashinuvi doirasida vataniga qaytgan ukrainalik harbiylar

Rossiya Ukrainaga “630 nafarga 630 nafar” formulasi bo‘yicha urush boshidan buyon eng yirik asir almashuvi o‘tkazishni taklif qilgan. Bu haqda 27-noyabr kuni Ukrainadagi bir necha nashr xabar qildi.

Taklifni Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova o‘z matbuot anjumanida ochiqlagan.

E’tiboringizni qaratishni istardimki, biz almashinuvga rossiyalik harbiylardan kimlarni kiritishni Ukraina ixtiyoriga qoldiramiz”, deya iqtibos keltirgan Ukraina nashrlari rossiyalik mulozima so‘zlaridan.

Ukraina rasmiylari Zaxarova so‘zlari yuzasidan hali izoh berganlaricha yo‘q. O‘z navbatida, kremlparast Readovka nashri Ukraina tomoni bilan bu borada allaqachon kelishuvga erishilganini iddao qilmoqda.

Zaxarova tilidan mazkur taklif yangrashi Ukrainadagi ayrim telegram-kanallarda chorshanba kuni Ukraina maxsus amaliyotlar kuchlari Kursk viloyatida go‘yo Rossiya Qurolli kuchlarining sara brigadasidan bo‘lgan o‘nlab dengiz piyodasini asir olgani haqida ma’lumot tarqatilgani bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. O‘zlarini dengiz piyodalarining 810-brigadasi jangchilari deb tanishtirgan ayrim asirlar videosi tarmoqda yoyinlangan. Rossiya Mudofaa vazirligi bu borada izoh bermagan.

Iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 1 ming 348 nafar rossiyalik, Rossiyada esa 6 ming 465 nafar ukrainalik asir sifatida tutib turilganini iddao qilgan edi. Avgust oyida Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyati hududiga kirishi natijasida aksariyati muddatli harbiy xizmatchilardan iborat yuzlab rossiyalik askar asirga tushgan edi.

XS
SM
MD
LG