Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2024, Тошкент вақти: 05:22

Rossiyada Ukraina urushida yaralanganlarga to‘lovlar qisqardi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiya hukumati Ukraina urushi doxil jang maydonida yaralagan harbiylarga bir martalik to‘lovlarning yangi tartibiga oid qarorni tasdiqladi. Hujjatga muvofiq, endilikda to‘lov miqdori jarohatning og‘ir-yengilligiga qarab belgilanadi.

Agar avvallari har qanday jarohat uchun harbiy uch million rubl miqdorida bir martalik to‘lov olgan bo‘lsa, endi bunday summa faqat og‘ir yarador bo‘lganlargagina to‘lanadi. Yengil jarohatlar uchun to‘lov miqdori bir million rublni tashkil qiladi. Jarohatlarni og‘ir yoki yengilligi hukumatning 1998-yil 29-iyulidagi 855-sonli qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha tasnifladi. Ro‘yxatga kirmagan kontuziya va jarohatlar uchun harbiylar faqat yuz ming rubldan olishadi.

Harbiy xizmatchi o‘lgan taqdirda unga to‘lanadigan pul miqdori o‘zgarishsiz qolgan (5 million rubl yoki taqriban 50 ming dollar). Bundan tashqari, yarador bo‘lganlik yoki mayiblik tufayli xizmatdan ozod qilinganlar uchun yillik to‘lov to‘lanadi, u indeksatsiya qilinadi. Hozirda bu to‘lov 3,2 million rublni tashkil qiladi.

Tahlilchilar armiya bilan shartnoma tuzishda hamda harbiy xizmatchi yarador bo‘lgan yoki o‘lgan taqdirda, yirik to‘lovlar va’da qilish bilan Rossiya o‘z qurolli kuchlari safini sezilarli darajada to‘ldirayotgani va shu tariqa harbiy safarbarlik e’lon qilishga hozircha ehtiyoj sezmayotganiga e’tibor qaratishmoqda.

XS
SM
MD
LG