Линклар

Шошилинч хабар
12 феврал 2025, Тошкент вақти: 16:26

Samarqandda tanishini pichoqlab o‘ldirgan shaxs 18 yilga qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi 42 yoshli ayolni o‘ldirganlikda ayblangan shaxsga nisbatan hukm o‘qidi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, 51 yoshli ayblanuvchi erkak muqaddam to‘rt marta sudlanib, retsidivist o‘laroq ko‘rilgan. Uning ismi oshkor qilingan emas.

Qayd etilishicha, jinoyat sodir bo‘lgan kuni mast holatda bo‘lgan erkak o‘zi bilan tanish bo‘lgan ayolni uchratib qolgan va ular birgalikda ichishgan. Keyinroq ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan, janjal davomida erkak ayol badaniga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan. Shundan so‘ng u ayol jasadini uyidan olib chiqib, yo‘l chetiga uloqtirgan.

Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibotchilarga u avvaliga qotillikka aloqasi yo‘qligini aytgan, biroq keyinchalik aybiga iqror bo‘lgan.

Sudda jabrlanuvchi ayolning onasi ayblanuvchiga oliy jazo berilishini so‘ragan. Sud aybiga iqror bo‘lgan erkakni qotillikda aybdor deb topib, uni 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan.

Ozodlik yanvar oyi boshida 19 yashar harbiy xizmatchi besh kishini pichoqlagani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG