Линклар

Шошилинч хабар
05 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:28

Sobiq xotinining intim suratlarini tarqatgan erkak qo‘lga olindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Andijon viloyatida sobiq xotinining uyatli suratlarini internetda tarqatib kelgan erkak ushlandi, deb ma’lum qildi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi.

Andijonlik ayol S.T. IIBga murojaat qilib, o‘zining rasmlari noma’lum shaxs tomonidan Telegram messenjerida tarqatib yuborilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmasi o‘tkazgan tadbirda mazkur jinoyatni mazkur viloyatda yashovchi M.M. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb etilgan fuqaro jabrlanuvchi ayolning sobiq turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.

Tergov idorasi qaydicha, mazkur shaxs sobiq xotinini obro‘sizlantirish maqsadida Telegram'da akkaunt ochib, ayolga tegishli bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi behayo foto va videotasvirlarni joylab kelgan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 139- (tuhmat), 140- (haqorat qilish) va 141/3- (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, keyingi yillarda mamlakatda internetda behayo suratlarni tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilish, ya’ni tovlamachilik jinoyati ko‘payib bormoqda.

XS
SM
MD
LG